Enriko Fermi (1901 – 1954)

«Ulug’ italyan fizigi Enriko Fermi hozirgi zamon olimlari ichida alohida o’rinni egallaydi. Ilmiy tadqiqotlarda tor sohada ixtisoslashish tipik hol bo’lgan hozirgi vaqtda Fermi singari universal olimni ko’rsatish juda qiyin» – deb yozgan edi, uning shogirdlaridan biri Bruno Pontekorvo. Bu haqiqatan ham, shunday. Fizikaning Fermi shug’ullanmagan bironta sohasini topish qiyin. Shunday bo’lsa-da, sun’iy radioaktivlikka bog’liq bo’lgan tadqiqotlarini uning asosiy ilmiy ishlari deb hisoblash mumkin.

1934 yilda u yaratgan beta-yemirilish nazariyasidan hozirgi kunda ham fiziklar elementar zarralar dunyosini bilishda keng foydalanadilar.

Enriko Fermi Rimda xizmatchi oilasida tug’ildi. Unda aniq fanlarga qobiliyat erta namoyon bo’ldi. 1922 yilda u Piza universitetini tamomladi, so’ngra o’z malumotini Germaniya va Niderlandiyada davom ettirdi.

1925 yilda Italiyaga qaytgach, fermi Florensiya universitetida ishlaydi, bu yerda u kvant fizika bo’yicha tadqiqotlar olib boradi.

1926 yilda u Rim universiteti nazariy fizika kafedrasining professori lavozimini egalladi. Bu yerda u yadro fizikasi- sohasida qator yirik nazariy va amaliy kashfiyotlar qildi. Bu sohadagi ishlari uchun Fermi Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi.

1938 yilda E. Fermi AQShga ko’chib ketdi. U yerda Kolumbiya universitetida professorlik lavozimida ishlab, yadro energiyasidan foydalanish sohasidagi tadqiqot ishlariga rahbarlik qildi. Uning rahbarligida 1942 yil dekabrda AQShda jahonda birinchi yadro reaktori ishga tushirildi.

1946 yilda Fermi Chikago universitetining professori bo’ldi va bu yerda umrining oxirigacha yuqori energiyalar fizikasi bo’yicha shug’ullandi.

Ma'lumotlardan nusxa ko'chirish uchun telegram botimizga o'ting!
Telegramda bizga qo'shiling!(TEST!)

yosh-fizik. uz