Lev Davidovich Landau (1908-1968)

Taniqli fizik, akademik, sobiq Sotsialistik Mehnat qahramoni Lev Davidovich Landau Bokuda injener-neftchi oilasida tug’ilgan. U yoshligidanoq aniq fanlarga qiziqar va matematikani juda sevardi. Maktabda o’qigan paytidanoq, u mustaqil ravishda matematik analizni o’rgandi. Keyinchalik u o’zining differentsiallash va integrallashni bilmaydigan davrini davrini eslay olmasligini aytardi, u o’n uch yoshidayoq o’rta maktabni tugalladi.

1922 yilda Boku universitetiga kirdi, ikki yildan keyin esa Leningrad universitetining fizika bo’limiga o’tdi.

1927 yilda Leningrad Fizika-texnika instituning aspiranti bo’ldi va tez orada chet el komandirovkasiga jo’nab, Daniya, Angliya va Shveysariyada ishladi. Kopengagenda bo’lishi uning hayotida chuqur iz qoldirdi. Bu yerda Nazariy mexanika institutida daniyalik buyuk olim Nils Bor qoshida ko’pgina mamlakatlardan yetakchi fizik-nazariyotchilar yig’ilgan edilar. L.D.Landau vataniga qaytganidan keyin, 1932 yilda Xarkovdagi Ukraina fizika-texnika instituning nazariya bo’limiga, hamda Xarkov universitetidagi umumiy fizika kafedrasiga boshchilik qila boshladi.

Shu paytdan boshlab, Landau o’z ilmiy maktabini yarata boshladi. Shu yerda, Xarkovda uning nazaricha, har bir fizik-nashriyotchi erkin bilishi lozim bo’lgan nazariy minimumni ishlab chiqdi. Keyinchalik shu asosda jahonga mashhur ko’p tomlik nazariy fizika kursi vujudga keldi. Uni L.D.Landau o’z o’quvchisi – akademik ye.M.Lifshits bilan hamkorlikda yozdi. Bu ish 1962 yilda sobiq Lenin mukofotiga sazovor bo’ldi.

1934 yilda akademik P.L.Kapitsa tashabbusi bilan Fizika muammolari instituti tuzildi. 1937 yildan boshlab, L.D.Landau institutning nazariya bo’limiga rahbarlik qila boshlaydi. U barcha keyingi yillarda Moskvada yashab, bu yerda o’zining eng asosiy ilmiy ishlarini yaratdi; ular o’ta oquvchanlik, o’ta o’tkazuvchanlik, fazaviy o’tishlar, kvant suyuqliklar va boshqalarning nazariyasi masalalariga oid.

Fizik-nazariyotchi sifatida Landau g’oyat universal olim edi. Gidrodinamika va statistik fizika, plazma, atom yadrosi va qattiq jism fizikasi, magnetizm va past temperaturalar bularning hammasi uning buyuk idrokiga tobe edi. 1962 yilda kondenssiyalangan fazalar (va xususan, suyuq geliy)ning asos soluvchi nazariyasini ishlab chiqqanligi uchun Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi.

Olim turli xil o’quvchilar doirasi uchun fizika asoslari haqida kitoblar yozishni orzu qilardi. U “Umumiy fizika kursi”ning dastlabki tomlarini va “Fizika hamma uchun”ni yaratishga ulgurdi. Maktab o’quvchilariga uning (Y.B.Rumer bilan hamkorlikda yozgan) “Nisbiylik nazariyasi nima” kitobi bilan tanishish ayniqsa qiziqarlidir; unda bu maroqli nazariyaning asosiy g’oyalari bitta ham formula ishlatilmasdan bayon qilingan.

L.D.Landau dunyoning juda ko’p akademiyalari a’zoligiga saylangan edi. Sobiq ittifoq Fanlar akademiyasining Nazariy fizika instituti uning nomiga qo’yilgan

Ma'lumotlardan nusxa ko'chirish uchun telegram botimizga o'ting!
Telegramda bizga qo'shiling!

yosh-fizik. uz