Ionlarning eritmada elektr maydon ta’sirida qanday tezlikda harakatlanishini aniqlash usullaridan birini keltiramiz. Buning uchun siz filtr qog’ozdan uzunligi 10 sm va kengligi 2 sm qilib poloska qirqing va uni oynaga yoki boshqa izolyatsiyalovchi taglikka mahkamlang. Qog’ozning chetlari o’tkazuvchi kontaktlarga tegib turishi kerak, butun elektr zanjiri ketma-ket ulangan to’g’rilagich yoki 15 – 20 V kuchlanishli batareya (bir necha batareyani ketma-ket ulash mumkin), kalit va qog’ozdan iborat bo’lishi kerak. Endi elektrolitni tayyorlaymiz. Purgen (fenolftalein) dorisini spirtda yoki odekolonda eritib, osh tuzining suvdagi eritmasidan bir necha tomchisini eritmaga qo’shing. Qog’ozga eritma shimdiring va kalitni ulang. Katodda qizil dog’ paydo bo’ladi, u kattalashib, anodga tomon siljiydi. Elektroliz natijasida katodda vodorod ajralib chiqadi va OH ionlar hosil bo’ladi. Ular fenolftaleinni ranglaydi va elektr maydon ta’sirida anodga tomon siljiydi. Qizil rangning siljish tezligini aniqlab, elektrolitdagi ionlarning harakat tezligini baholash mumiin. U minutiga bir necha millimetrni tashkil etadi.
Tajriba davomida filtr qog’oz qurib qolmasligiga harakat qilish va uning ustini yana bitta oyna bilan yopib qo’yish kerak. Qisqichlardagi kuchlanishni va tuzli eritma kontsentratsiyasini o’zgartirib, siz ionlarning orator harakatlanish qonuniyatlarini aniqlashingiz mumkin.
yosh-fizik. uz