Mamlakatimizda fizika olimpiadalari katta rivojlanish yo’lini bosib o’tdi. Dastlab olimpiadalar yirik oliy o’quv yurtlarida o’tkazilar edi. Masalan, M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetida fizikadan birinchi olimpiada 1938 yildayoq o’tkazilgan.
Hozirgi vaqtda O’zbekistonda fizika bo’yicha olimpiada umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining fizika-matematika va ximiya olimpiadalarining tarkibiy qismi sifatida har yili Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining maxsus buyruqlari bilan tasdiqlangan Nizom asosida o’tkazilib kelinmoqda.
Olimpiada topshiriqlarini tayyorlashda umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quv rejasidagi fanlar bo’yicha amaldagi dastur hamda darsliklar asos qilib olinadi.
Olimpiada topshiriqlari o’quvchilarning nazariy va amaliy bilimi (misol va masalalarni yecha olish mahorati, laboratoriya tajribalarini o’tkaza olishi) fizika fanidan olgan bilim, ko’nikma va malakalarini namoyish etishga, ularni aniqlashga yordam berishi lozim.
Olimpiada 4 bosqichda o’tadi. Birinchi bosqich – maktab bosqichi bo’lib, bevosita fizika o’qituvchisi rahbarligida maktabda o’tkaziladi. Bunda VII – IX sinflarning barcha xohlovchi o’quvchilari qatnashadi. Bu eng ommaviy bosqich hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich – tuman(shahar) bosqichidir. Tuman olimpiadilarida maktab olimpiadalarining g’oliblari qatnashib, odatda, har bir sinfdan bittadan eng yaxshi o’quvchi tanlab olinadi
Viloyat olimpiadalarida, ya’ni uchinchi bosqichda o’quvchilarning tuman va shahar olimpiadalari g’oliblaridan tuzilgan guruhlar qatnashadi.
To’rtinchi bosqich – respublika olimpiadalari bo’lib, unda har bir viloyatdan g’olib chiqqan VII – IX sinf o’quvchilari qatnashadi.
Fizika olimpiadalari ikki turda o’tkaziladi:
1. Yozma ish.
2. Test sinovi.
Olimpiadaning asosiy vazifalaridan biri – mumkin qadar ko’proq o’quvchilarda fizikaga qiziqishni hamda ijodiy qobiliyatlarni o’stirishdan iborat. Biror faoliyatni davom ettirishga qiziqish erishilgan muvaffaqiyatlar bilan rag’batlantiriladi. Shuning uchun olimpiada tashkilotchilari masalalar tanlashga katta e’tibor beradilar.
Olimpiada masalasi, odatda, o’quvchilarga ma’lum bo’lgan fizika qonunlaridan foydalanib hal qilinishi mumkin bo’lgan aniq problemalardan iborat bo’ladi, lekin ular ijodiy izlanishni talab qiladigan favqulodda vaziyatda bajariladi. Olimpiada bir vaqtda hamma qatnashchilarda fizikaga qiziqishni oshirish hamda eng qobiliitlilarni aniqlash imkonini berishi uchun masalalar kompleksiga turli darajadagi murakkab topshiriqlar kiritiladi.
Fizika olimpiadasining uchinchi-beshinchi bosqichlariga eksperimental xarakterdagi masalalar ham kiritiladi. Eksperimental topshiriqlar, xuddi nazariy tur masalalari kabi, olimpiadaning bitta sinfidan qatnashayotgan barcha qatnashchilar uchun birday bo’ladi. Eksperimental turda qatnashchilarning muvaffaqiyatlari ularning eksperimental tadqiqotlarni o’tkazishni planlashtirish, eksperimentni o’tkazish uchun qurilmani va elektr sxemani yig’ish, fizik kattaliklarni o’lchash, olingan natijalarning aniqligini baholash, eksperiment natijasi bo’yicha hisobotni rasmiylashtirish qobiliyatlari bo’yicha baholanadi.
Olimpiadaning respublika va yakunlovchi bosqichlarida o’quvchilar yirik olimlar bilan uchrashadilar, olimpiada o’tayotgan respublika va shaharlarning fan, texnika, madaniyat sohasidagi muvaffaqiitlari bilan tanishadilar, maktablarda do’stlik kechalarida ishtirok etadilar.
Olimpiadada muvaffaqiyatli qatnashuv fizika bo’yicha sistematik ravishda mashg’ulotlarni o’tkazishni taqozo qiladi. Maktab o’quvchilarining fizika olimpiadalariga tayyorgarligi darsda boshlanadi, lekin u asosan, darsdan tashqari ishlarda– fakultativ mashg’ulotlarda, fizika to’garaklarida, o’quvchilarning ilmiy jamiyatlarida, shuningdek, ularning mustaqil ishi jarayonida olib boriladi.
Olimpiadalar o’quvchilarga o’zlarining hayotiy layoqatlarini aniqlashga, yuqori malakali mutaxassis bo’lib yetishishlariga yordam beradi. Olimpiadaning respublika va yakunlovchi bosqichlari g’oliblarining ko’pchiligi maktabni tugallagandan so’ng fizikaga ixtisoslashgan oliy o’quv yurtlariga kiradilar.
Fizikadan milliy olimpiadalar ko’pchilik mamlakatlarda o’tkazilmoqda. Yoshlarning fizika va texnikaga qiziqishini oshirish, maktab fizika ta’limi sohasidagi aloqalarni rivojlantirish, turli mamlakat yoshlarining do’stligi va hamkorligini mustahkamlash maqsadida, 1967 yildan boshlab, xalqaro fizika olimpiadalari o’tkazila boshlandi; ularda bizning mamlakat o’quvchilari ham muvaffaqiyatli qatnashmoqdalar.
yosh-fizik. uz