Kvarklar

Kvark - 1/2 spinli va mayda elektr zaryadli zarra bo’lib, adronlarning tarkibiy elementi hisoblanadi. M. Gell Man bu nomni J. Joys romanlaridan biridan olgan. Nemischasiga kvark - «tvorog», lekin romanda bu so’z dudmol va sirli narsani ifodalaydi, roman qahramoni tushida chaykalar: «Janob Mark uchun uch kvark» deb qichqiradi. Kvarklar fizikada dudmol va sirli rol o’ynagani uchun ham, ehtimol, bu termin fanga kirgandir.

Barcha ma’lum adronlar yo kvark - antikvark jufti ( mezonlar ) dan yoki uch kvark (barnonlar ) dan iborat. Kvarklar (va antikvarklar)ni adronlarning ichida glyuon maydon tutib turadi. Spindan tashqari kvarklar yana ikki ichki erkinlik darajasiga - «hid» va «rang»ga ega.

Har qaysi kvark shartli ravishda «qizil», «ko’k» va «sariq» deb ataladigan uch «rangli holatdan birida bo’lishi mumkin. Bu terminlar qulaylik uchun kiritilgan bo’lib, optik xossalarga aloqasi yo’q - barcha uch «rang»li holat yorug’lik kvantlarini bir xilda yutadi va chiqaradi. Barcha «rang»li holatlarning massasi ham qat’iy bir xil.

Endi «aromat»larga kelsak, ulardan beshtasi ma’lum bo’lib, oltinchisining mavjudligi taxmin qilinadi. Har xil «aromat»li kvarklarning xossalari turlicha, shuning uchun ular massalari o’sib borishi tartibida har xil harflar bilan belgilanadi: u, d, s, c, b, t. So’nggi t-- kvark shunchalik og’irki, uni hali kuzatishga muvaffaq bo’linmaydi. d-, s-, b-kvarklarning zaryadlari 1/3 ga teng, qolgan kvarklarning zaryadi proton za­ryadi birliklarida 2/3 ga teng.

Ichki erkinlik darajalarining to’liq sonini hisoblaymiz. Har qaysi kvark u, d, s, c, b, t. rangdan biriga bo’yalgan bo’lishi, ikkitadan ±1/2 spin holatga va ikkitadan zaryad (zarra va antizarra) holatga ega bo’lishi mumkin. Bu 6x3x2x2 ni, qo’sh 72 variantni beradi.

Oddiy modda yadrolar nuklonlari tarkibiga kiradigan yengil u- va d- kvarklardan iborat (Atom yadrosi). Og’irroq kvarklar zaryadlangan zarralar tezlatkichlarida o’tkaziladigan eksperimentlarda sun’iy ravishda yaratiladi yoki kosmik nurlarda kuzatiladi.

«Yaratiladi» va «kuzatiladi» so’zlarini izohlashga to’g’ri keladi. Ko’p yillik izlanishlarga qaramay, hech bir kvark - xoh yengili, xoh og’iri hali biror marta erkin holda kuzatilgani yo’q. Kvarklarni faqat adronlar ichida kuzatish mumkin.

Kvarkni adrondan chiqarishga harakat qilinganda quyidagi hol yuz beradi. Chiqayotgan kvark vakuumdagi yo’lida tezliklarning pasayishi tartibida joylashgan kvark - antikvark juftini vujudga keltiradi. Sekin kvarklardan biri dastlabki kvarkning o’rnini egallaydi, unisi esa boshqa vujudga kelgan kvarklar va antikvarklar bilan birga adronlar oqimini hosil qiladi.

Bunda yo kvarklar uchligi barionlarga, yoki kvark - antikvark jufti mezonlarga birikadi. Nima uchun boshqacha kombinatsiyalar, xususan, yakka kvark bo’lishi mumkin emas? Bu jumboq hali fanda hal qilinganicha yo’q (Adronlar, Kuchli o’zaro ta’sirlar)

Kvarklar barcha ma’lum o’zaro ta’sirlar - gravitatsion, kuchsiz, elektromagnit va kuchlilarda ishtirok etadi. Kvarklarning o’zi nimadan iboratligi noma’lum. Ehtimol, ular elementardir. Har holda ularning xususiy o’lchami 10-16 sm dan kichik.

Ma'lumotlardan nusxa ko'chirish uchun telegram botimizga o'ting!
Telegramda bizga qo'shiling!(TEST!)

yosh-fizik. uz