Elektr kuchlanish

Biz turmushimizda bu so’zga o’rganib qolganmiz. Hamma biladiki, xona rozetkasida kuchlanish 220 V. Balki 311 V dir? Bu savolga javob berish uchun tushunchani ta’riflaylik: elektr zanjirning ikkita nuqtasi orasidagi kuchlanish deb, shu nuqtalar orasida birlik musbat zaryadni ko’chirishga sarflangan ishga aytiladi. SI sistemasida kuchlanish birligi uchun volt (1V) qabul qilingan. Bu birlik XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida elektr hodisalarni o’rgangan italyan olimi A. Volt sharafiga qo’yilgan. Zanjirdagi tok kattaligi (Elektrodinamika) va ikkita elektrod orasidagi yo’lni o’tgan zarraning energiyasi kuchlanish kattaligiga bog’liq bo’ladi.

Yuqori kuchlanishlarni hosil qilish imkoni izolyatorlarning, jumladan havoning elektr mustahkamligi bilan cheklangan. Kuchlanishning hozircha erishilgan maksimal qiymati bir necha million voltlarda hisoblanadi. Texnikada hali ish quriladigan minimal kuchlanishlar mkV ning ulushlarini tashkil qiladi. SHunday qilib, kuchlanishlar diapazoni 12 tartibdan ortiqroq – 106 dan 106 V gacha diapazonni o’z ichiga oladi.

Eng aniq kuchlanish potensiometrc nnnnnn yordamida o’lchanadi. Bu asbobda o’lchanadigan kattalikni etalon – Veston normal elementi kuchlanishi bilan taqqoslanadi. Natija aniqligi besh-olti xonani tashkil qiladi. Agar o’n minglarcha va hatto, yuz minglarcha volt kuchlanishni o’lchash lozim bo’lsa, bu holda, uning kattaligini katta metall sharlar orasida havoda proboy sodir bo’ladigan masofa bo’yicha topiladi. Maishiy tarmoqlardagi kuchlanish qanday? Uning kattaligi sinusoidal qonun bo’yicha tebranadi. Shuning uchun uni o’lchaydigan asboblar shunday darajalanganki, ular kuchlanishning o’rtacha kvadratik yoki ta’sir qiymatini ko’rsatadi: yosh fizik , bunda Um – maksimal yoki amplitudal kuchlanish. O’zgaruvchan tok tarmoqlaridagi quvvatni hisoblash formulasiga aynan tasir kuchlanishi kiradi: yosh fizik Vt (SI) da. Bunda R – zanjir qarshiligi. Xullas, 220 va 311 V –to’g’ri raqamlardir; ikkinchisi – bizning tarmog’imizdagi maksimal kuchlanishni ko’rsatadi.

Ma'lumotlardan nusxa ko'chirish uchun telegram botimizga o'ting!
Telegramda bizga qo'shiling!(TEST!)

yosh-fizik. uz