Lug’atdagi «Quyosh shamoli» maqolasida plazmaning magnit energiyasi zichligi H2/8•π kattami yoki kinetik energiyasi zichligi ρ•ϑ2/2 kattami - shunga qarab zaryadlangan zarralarning magnit maydonda turlicha harakatlanishi bayon qilinadi. yer shari sayyoradan uzoqlashgan sari kamayib boruvchi xususiy magnit maydoniga ega ekanligi barchaga ma’lum. Shu sababli, quyosh shamolini tashkil qiluvchi zarralar oqimi yerga yaqinlashganda, 10 yer radiusiga yaqin masofalarda yetarlicha kuchli magnit maydonga duch keladi va o’z oqimi yo’nalishini o’zgartiradi.
Quyosh shamoli zarralarining traektoriyalari egrilanib, magnitosfera chegarasi deyiladigan sirtni aylanib oqa boshlaydi. yer magnit maydoni ham Quyosh shamoli ta’sirini «sezadi», u nosimmetrik bo’lib qoladi, Quyoshdan uzoqlashish tomonida cheksizlikka ketuvchi magnit kuch chiziqlaridan iborat dum hosil bo’ladi. Magnitosfera chegarasi va yerning doimiy magnit maydoni orasida magnitopauza deyiladigan soha mavjud. Unda magnit maydon kuchsiz bo’lib, u bir tekis o’zgarmaydi, hamda tartibsiz yo’nalgan bo’ladi.
Quyosh sistemasining deyarli barcha sayyoralari xususiy magnit maydoniga va demak, xususiy magnitosferaga ega. Bir qadar boshqacharoq ma’noda Quyosh magnitosferasi deyiladigan tushuncha ham mavjud. Bu quyidagini bildiradi: Quyoshdan taxminan 100 yer radiusiga teng masofada plazma zichligining kamayishi tufayli quyosh shamoli kinetik energiyasi zichligi shunchalik kichik bo’lib qoladiki, u yulduzlararo kuchsiz magnit maydonlar (kuchlanganligi taqriban 10-6Gs ) energiyasi zichligiga taqqoslanarli holda bo’lib qoladi. Shu sababli, butun Quyosh sistemasini o’rovchi sirt mavjud bo’lishi lozim: uning ichida Quyosh shamoli Quyosh magnit maydonini ergashtiradi (185- rasmga q.), uning tashqarisida esa zaryadlangan zarralar yulduzlararo magnit maydon bo’yicha harakat qiladi. Quyosh magnitosferasi chegarasigacha bo’lgan masofa katta - hozirgacha u kosmik kemalar bilan tadqiq qilingan emas. Biroq uning mavjudligi haqida bilvosita eksperimental dalillar mavjud. Ular mana bunday.
Yulduzlararo magnit maydon kuch chiziqlari bo’yicha juda katta energiyali zaryadlangan zarralar - kosmik nurlar uchadi. Ularning energiyalari shunchalik kattaki, ular Quyosh magnitosferasi chegarasidan ham o’tadi. Shunga qaramay, u kosmik nurlarga sezilarli to’siq bo’ladi. Quyosh shamoli kuchayadigan (Quyosh aktivligi) yillarda Quyosh magnitosferasi chegarasi uzoqlashadi va kosmik nurlar uchun katta to’siq bo’lib qoladi. Buning natijasida kosmik nurlarning yerda o’lchanadigan intensivligi Quyosh shamoli o’sishidan bir yilgacha kechikib so’nadi. Quyosh shamoli Quyosh magnitosferasi chegarasiga yetishi uchun aynan bir yilga ikki vaqt ketadi. Kosmik nurlar esa amalda yorug’lik tezligida tarqaladi - ularning o’sha masofani o’tishi uchun atigi bir sutka yetarli.
yosh-fizik. uz