Jeyms Klerk Maksvell (1831-1879)

Jeyms Klerk Maksvell Edinburgda, shotlandiyalik dvoryan oilasida tug’ilgan. U Edinburg va Kembridj universitetlarida ta’lim oldi. 1860 yilda Maksvell London universitetining professori, 1870 yillar boshidan esa Kembridj universtitetining professori bo’ldi, bu yerda u Angliyada birinchi maxsus jihozlangan fizika laboratoriyasiga−Kavendish laboratoiyasiga asos soldi. 1860 yilda u London Qirollik jamiyati (Angliya Fanlar akademiyasi) a’zosi bo’ldi.

Maksvell o’zining ilk ilmiy ishi oval egri chiziqlarga oid tadqiqotlarini 15 yoshidayoq yozgan edi. Edinburg Qirollik jamiyati-Shotlandiya Fanlar akademiyasida elastik jismlarning muvozanati to’g’risida doklad qildi, hozirda elastiklik nazariyasi va materiallar qarshiligida Maksvell teoremasi nomi bilan mashhur bo’lgan teoremani isbot qildi.

1855 yilda Maksvell rangdor ko’rish nazariyasiga oid tadqiqotlar o’tkazdi. O’sha yilning o’zidayoq «Faradeyning kuch chiziqlari» to’g’risidagi tadqiqotlarini boshladi va asosan o’zining butun umri mobaynida davom ettirdi.

«Men matematik g’oyalarini aniq shaklda ifodalashga intildim, bunda» tushuntirilayotgan hodisalarning tabiatiga mutlaqo mos kelmaydigan va Faradeyning qarashlarini bayon qilishda unchalik yaroqli bo’lmagan simvollardan foydalanmay, balki chiziqlar yoki sirtlar sistemalaridan foydalandim».

So’ngra: «Elektromagnit maydon fazoning shunday qismiki, unda elektr yoki magnit holatlarda bo’lgan jism bo’ladi va uni maydon o’rab turadi».

Elektromagnit maydonning fizika tarixidagi birinchi ta’rifi shunday bo’lgan. Faradey g’oyani ishlab chiqdi, Maksvell esa elektromagnetizm nazariyasini yaratib, uni muvaffaqiyatli yakunladi. Bu nazariyani yanada davom ettirib, Maksvell yorug’lik elektromagnit tabiatga ega, degan xulosaga keldi.

Maksvell elektromagnit maydon qonunlarini elektrodinamikaning asosini tashkil etgan to’rtta differensial tenglama sistemasi ko’rinishida ifodaladi.

Matematik statistika metodlaridan foydalanib, u gazlarning kinetik nazariyasida ideal gaz molekulalarining tezlik bo’yicha taqsimlanishini ta’riflab berdi. Shuningdek, optika, elastiklik nazariyasi, molekular fizikaga oid orator ishlarni ham bajardi.

Ma'lumotlardan nusxa ko'chirish uchun telegram botimizga o'ting!
Telegramda bizga qo'shiling!(TEST!)

yosh-fizik. uz