Taniqli fizik, akademik.
Mogilyovda vrach oilasida tug’ildi. 1897 yilda Odessa gimnaziyasini tugatgandan so’ng, Novorossiysk universitetining fizika-matematika fakultetiga o’qishga kirdi. Studentlar g’alayonlarida qatnashganligi uchun universitetdan haydaldi va keyingi ma’lumotini Germamiyada, Strassburgda davom ettirdi.
1914 yilda Mandelshtam vataniga qaytib, o’qituvchilik qila boshladi. 1925 yilda Moskva davlat universitetining nazariy fizika kafedrasiga boshchilik qildi. Bu yerda uning rahbarligida bo’lg’usi mashhur fiziklar ta’lim oldilar.
1934 yildan boshlab Mandelshtam P. N. Lebedev nomidagi FA Fizika institutida ishlay boshladi. Uning asosiy ilmiy ishlari optika, radiofizika, radiotexnika, nazariy fizika masalalariga bag’ishlangan .
1907 yildayoq elektr zanjirlaridagi tebranma jarayonlarni tadqiq qilayotgan olim hozir radiotexnikada keng foydalaniladigan zaif bog’lanish printsipini ochdi. U tebranishlar nazariyasini faqat radiofizikadagina emas, balki optika, akustika, molekulyar fizika, kvant mexanikasida ham muvaffaqiyatli qo’lladi.
1928 yilda L. I. Mandelshtam va fizik G. S. Landsberg batamom yangi hodisa – yorug’likning kombinatsion sochilishini ochdilar. Agar moddani bitta to’lqin uzunlikdagi yorug’lik (monoxromatik yorug’lik) bilan nurlansa, bu modda sochgan yorug’likda yangi to’lqin uzunliklar paydo bo’ladi. Ular modda molekulalarining ularga tushayotgan yorug’lik bilan o’zaro ta’siri natijasida vujudga keladi. Kombinatsion sochilish spektrlarini Mandelshtam «Molekulalar tili» deb bejiz aytmagan.L. I. Mandelshtamning radioto’lqinlarning yer sirti bo’ylab tarqalishiga oid ishlari olamga mashhur bo’ldi. U yana bir yangi fizik hodisa - parametrik rezonansni (1931) nazariy bashorat qildi hamda esperimental isbotladi. Bu hodisa o’zgaruvchan tok parametrik generatorlarini yaratish imkonini berdi.
1942 yilda L. I. Mandelshtam sobiq ittifoq Davlat mukofotiga sazovor bo’ldi.
yosh-fizik. uz