Keng ma’noda harakat, F. Engels so’zlari bilan aytganda, «koinotda bo’ladigan barcha o’zgarish va protsesslarni, oddiy siljishdan tortib to tafakkurgacha» o’z ichiga qamrab oladi. Bunday tushunishda harakat materiyaning yashash usulidir. Bizni o’rab olgan olam harakatdagi materiyadir. Materiya va harakat bir-biridan ajralmasdir, harakatsiz materiya bo’lmaganidek, materiyasiz harakat ham bo’lmaydi.
Harakat, shuningdek, materiyaning asosiy yashash shakllari - faza va vaqt bilan ham chambarchas bog’liqdir. Harakatning ikki qarama-qarshi momentlar–o’zgaruvchanlik va barqarorlik, harakat va tinchlikdan iborat dialektik (ziddiy) xarakteri harakat, fazo va vaqtning mohiyati haqida qadimgi dunyo olimlari orasidayoq munozaralar keltirib chiqargan edi. Miloddan avvalgi V asrdayoq yunon faylasufi Zenon ochib bergan harakatning dialektik xarakterini analiz qilar ekan, nemis olimi G. Gegel XIX asrning birinchi choragida shunday yozgan edi: «Biz umuman harakat to’g’risida fikr yuritar ekanmiz, shunday deymiz: jism bir joyda turibdi va so’ngra u boshqa joyga o’tadi. U harakatlanayotgan paytida endi birinchi joyda bo’lmaydi, Biroq shuningdek ikkinchi joyda ham bo’lmaydi... Harakat degani shu joyda bo’lishni, va ayni vaqtda bu joyda bo’lmaslikni bildiradi: bu – fazo va vaqtning uzluksizligi, xuddi shu uzluksizlik harakatni sodir qiladi». Hozirgi zamon fani quyidagi asosiy harakat formalarini o’rganadi: mexanik harakat, issiqlik harakati elektromagnit, yadroviy, ximiyaviy, biologik harakatlar. Sanab o’tilganlar bir harakat formasining o’z xususiyati, o’z qonuniyatlari bor va biri ikkinchisiga keltirilishi mumkin emas. Ayni vaqtda ko’p harakat formalari o’zaro bog’liq biri biridan ajralgan holda mavjud bo’lmaydi. Masalan, hayot organizmlardagi turli-tuman fizik va ximik o’zgarishlarsiz kechmaydi.
Materiya turli harakat formalarining birligi va o’zaro bog’liqligi ularning bir-biriga aylana olish qobiliyatlarida namoyon bo’ladi. Bunday qobiliyatning miqdoriy ifodasi - energiyaning saqlanish qonuni.
Harakat formalaridan biri - mexanik harakat jism vaziyatining fazoda boshqa jismlarga nisbatan vaqt o’tishi bilan o’zgagarishidir. Mexanik harakatni turli usullar bilan
Harakat xarakteristikalari | |||
Harakat turlari | Tezlik, υ | Tezlanish, α | Koordinatalar, x yoki φ |
1.To’g’ri chiziqli tekis harakat. 2.Doira bo’ylab tekis harakat. 3. To’g’ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakat. 4.Garmonik tebranma harakat. |
Moduli va yo’nalishi bo’yicha o’zgarmas. Modul bo’yicha o’zgarmas, biroq yo’nalishi bo’yicha o’zgaradi. x=υ 0x+at Moduli va yo’nalishi bo’yicha o’zgaradi. υx=-υ msinωt |
Nolga teng Moduli va yo’nalishi bo’yicha o’zgarmas. Moduli va yo’nalishi bo’yicha o’zgaradi. ax=-amcosωt |
x=x x=xmcosωt |
klassifikatsiyalash mumkin. Klassifikatsiyalashda trayektoriya ko’rinishini mos qilib olib, to’g’ri chiziqli va egri chiziqli xarakatni ko’rib chiqaylik. Jismlarning doira, ellips, parabola va giperbola bo’ylab harakati egri chiziqli harakat deb ataladi. Barcha jismlar tortishish kuchlari ta’sirida xuddi shunday trayektoriyalar bo’yicha harakat qiladi.
Tezlikning o’zgarishi asosida harakatni klassifikatsiyalaydigan bo’lsak, tekis harakatlar va notekis harakatlar haqida gapirish mumkin. Notekis harakat turlaridan biri – tekis tezlanuvchan harakat, ya’ni tezlanishi o’zgarmaydigan harakatdir. Notekis harakatning tabiatda keng tarqalgan va texnikada qo’llaniladigan alohida turi tebranma harakatdir (Tebranishlar).
Maktab fizika kursida quyidagi harakat turlarining qat’iy kinematik bayoni berilgan ( jadvalga qarang).
Mexanik harakatga misol qilib sayyoralar va yerning Quyosh atrofidagi, Oy va yer sun’iy yo’ldoshlarining yer atro-fidagi harakatlarini, jismlarning yerga tushishini, turli transport turlarining harakatlarini, mexanizm va mashinalar turli-tuman detallarining aylanma va tebranma harakatlarini tirik tabiat dunyosidagi har qanday harakatlarni ko’rsatish mumkin.
Yuqorida mexanik harakatga berilgan ta’rifda uning nisbiyligi ta’kidlangan. Harakatning nisbiyligi haqidagi olimlar munozarasi yuz yillar davomida olib borildi.
Nisbiylik prinsipi birinchi ilmiy fizika printsiplaridan biri hisoblanadi. Bu printsinga ko’ra, inertsial sanoq sistemalarda barcha mexanik hodisalar birday qochadi. Boshqacha aytganda hech qanday mexanik tajribalar vositasida to’g’ri chiziqli tekis harakatni tinchlikdan farq qilib bo’lmaydi. XX asrda A. Eynshteyn Galileyning nisbiylik printsipini tabiatdagi barcha hodisalarga yoydi. Xuddi shu tekis va to’g’ri chiziqli harakatni payqashning printsipial mumkin emasligini tushunish, nima uchun odamlar yerda turib olamning geliotsentrik sistemasiga muvofiq Quyosh atrofida 30 km/s tezlik bilan harakatlangani holda, bu harakatnn sezmasliklarini tushuntirib berishga imkon yaratdi. yerning Quyosh atrofida aylanishi bilan bog’liq bo’lgan markazga intilma tezlanish yerdagi og’irlik kuchi tezlanishiga qaraganda nihoyatda kichik. SHuning uchun yer harakatining tekis va to’g’ri chiziqli harakatdan farq qilishi bilan bog’liq bo’lgan effektlarni payqash juda qiyin.
Shunday qilib, mexanik harakat traektoriyasining nisbiyligi va bu harakatning ba’zi boshqa xarakteristikalariga qaramay, fizika qonunlari turli inersial sanoq sistemalarda absolyut bo’ladi.
Issiqlik harakati ko’p sondagi zarralar atomlar, molekulalar, elektronlar, ionlar, kolloid zarralarning tartibsiz harakatidan iboratdir. Issiqlik harakatida qatnashayotgan zarralarning juda ko’p sonligi bu harakat qonunlarining mexanik harakatni tavsiflovchi qonunlardan sifat jihatidan farqini belgilab beradi. Issiqlik harakati statistik mexanika qonunlari bilan ifodalanadi, bu qonunlarga ko’ra issiqlik hodisalarining qaytmas va ayni vaqtda mexanik hodisalar qaytuvchan bo’lishi kelib chiqadi. (Statistik fizika).
Fizika bo’limlaridan biri – elektrodinamika – elektromagnit maydon va uning harakat formalarini o’rganadi. Masalan, elektromagnit to’lqinning tarqalishida elektr maydon kuchlanganligi va magnit maydon induktsiyasining o’zgarishini maydonning alohida harakat formasi, deb qarash kerak bo’ladi (Elektromagnit to’lqinlar). Atom va yadro fizikasida harakatning radioaktivlik atom yadrolarining bo’linishi va ularning sintezi, zarralarning o’zaro o’tuvchanligi, moddaning maydonga va aksincha, maydonning moddaga aylanishi o’rganiladi.
yosh-fizik. uz