Emmanuil Ilich Adirovich (1915-1973)

Taniqli fizik, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi.

Melitopolda tug’ilgan. 1940 yilda Moskva Davlat universitetining fizika fakultetini tugatgan. 1944 – 1949 yillarda I.M.Gubkin nomidagi Moskva neft institutida, 1949 – 1962 yillarda sobiq ittifoq Fanlar akademiyasining P.N.Lebedov nomidagi fizika institutida ishlagan.

E.I.Adirovich 1962 yilda sobiq O’zbekiston Respublikasi FA a’zoligiga saylandi va shu yildan O’zbekiston Respublikasi FA Fizika-texnika institutining yarimo’tkazgichlar fizikasi bo’limiga boshchilik qildi.

E.I.Adirovichning asosiy ilmiy ishlari qattiq jism fizikasi, yarimo’tkazgichlar fizikasi, eksitonlar nazariyasi, optoelektronika, qattiq jism elektronikasiga oid. U kristallar lyuminessentsiyasining zona nazariyasi va dielektrik elektronika asoschilaridan biridir. Fotoelektretlarning elektron qutblanishi va qutbsizlanishi qonuniyatini ochdi hamda qattiq fazada past temperaturaviy tez qutblanish mexanizmini tushuntirib berdi. Optoelektronikaning nazariy asoslariga bag’ishlangan ishlari fundamental ahamiyatga ega.

Ma'lumotlardan nusxa ko'chirish uchun telegram botimizga o'ting!
Telegramda bizga qo'shiling!(TEST!)

yosh-fizik. uz