Siz nimi deb o’ylaysiz? Qo’lingiz bilan og’ir gusenitsali traktor tuproqqa ko’rsatgan bosimdan loaqal bir necha marta katta bosim bera olasizmi?
Ma’lumki, xar qanday odam bunday qilishga bir necha marta urinib ko’rgan, masalan, yog’och taxtaga knopka qadashda shunday bo’ladi. Bunda odamning ko’rsatgan ta’sir kuchi katta emas — 50 H(DT-75 M gusenitsali traktorning og’irligi esa 65 000 N). Biroq butun gap shundaki, kuchning ta’sir natijasi faqat uning moduligagina emas, u perpendikulyar ta’sir qilayotgan yuza kattaligiga xam bog’liq . Knopka uchining yuzi 0,1 mm2, traktor gusenitsalarining yuzi 1,4 m2>. Binobarin, birinchi holda sirtning yuza birligiga taxminan 10 000 marta katta kuch ta’sir qiladi, haqiqatan ham taqqoslab ko’ring:
va
Bir jismning ikkinchi jism sirtiga ta’sir qilayotgan normal kuchlar (sirtga perpendikulyar kuchlar) intensivligini xarakterlovchi kattalik bosim deb ataladi. Masalan, traktorning tuproqqa bosimi, suvning to’g’on asosiga bosimi, ichki yonuv tsilindrida gazning porshenga bosimi va h. k.
Agar kuchlar sort bo’yicha tekis taqsimlansa, u holda sirtning har qanday qismiga bo’layotgan r bosim r=F/S ga teng bo’ladi, bu yerda S—shu qism yuzi, F—unga perpendikulyar qo’yilgan kuchlar yig’indisi. Kuchlar notekis taqsimlanganida r=F/S tenglik shu maydonchaga bo’lgan o’rtacha bosimni belgilaydi.
Kuchlar tekis taqsimlanganida bosim sirtning hamma nuqtalarida birday bo’ladi, notekis taqsimlanganida esa nuqtadan nuqtaga o’zgarib boradi.
Bosim tushunchasi gidroaerostatikada alohida rol o’ynaydi (Gidroaeromexanika), buning boisi suyuqliklar va gazlar tuzilishining o’ziga xosligidadir. Gazlarning o’zlariga berilgan barcha hajmni egallashi ma’lum. Bunda issiqlik harakati natijasida gaz molekulalari bir-birlari bilan, idish devorlari, gazdagi hap qanday jismning sirti bilan to’qnashadi. Bunda impuls uzatilishi ro’y beradi va bu gazning idish devorlariga, gaz ichidagi hap qanday jism sirtiga bo’lgan bosimni bildiradi.
Gazlarning molekulyar-kinetik nazariyasi gaz bosimini hisoblashga imkon beradi: bu yerda t0 molekula massasi, n—hajm birligidagi molekulalar soni, v2—molekulalar harakat tezligining o’rtacha kvadrati. Gaz molekulasining o’rtacha kinetik energiyasi bo’lgani uchun bosimni hisoblash formulasini shunday ko’rinishda yozish mumkin: , ya’ni gaz bosimi uning zarralarining kinetik energiyasi bilan belgilanadi. Temperatura ortishi bilan molekulalarning tezligi, binobarin, ularning kinetik energiyasi ortadi. Demak, gaz bosimi uning temperaturasi ortishi bilan ortar ekan. Bu qonuniyat 1787 yilda fransuz fizigi J. Sharl tomonidan eksperimental ravishda aniqlangan edi; u Sharl qonuni nomi bilan ataladi—muayyan gaz massasining bosimi o’zgarmas hajmda absolyut temperatupara proportsionaldir:
Ingliz olimi R. Boyl 1662 yilda va undan mustaqil fransuz olimi E. Mariott 1676 yilda eksperimental ravishda Boyl—Mariott qonuni deb ataluvchi qonunni aniqladilar, unga ko’ra: muayyan gaz massasi uchun o’zgarmas temperaturada bosim hajmga teskari proportsionaldir: .
Suyuqlik va gazlarning xarakterli xossalaridan biri ularning oquvchanligidir. Oquvchanlik xossasi suyuqliklar va gazlarning bosimni uzatish xususiyatlarini belgilaydi: suyuqlik yoki gazga berilayotgan bosim suyuqlik yoki gazning har bir nuqtasiga o’zgarishsiz beriladi (Paskal qonuni). yerdagi hamma jismlarda bo’lganidek, suyuqliklar va gazlarga ham og’irlik kuchi ta’sir qiladi (Tortishish). Suyuqliklar va gazlarning og’irliklari tufayli ularning hosil qiladigan bosimlari rρ=gh formula bilan aniqlanadi, bu yerda r—zichlik, h —suyuq yoki gaz ustunining balandligi.
SI sistemasida bosimda da o’lchanadi (XVII) asrda yashagan frantsuz olimi Paskal sharafiga bu birlik p a s k a l deb ataladi va Pa bilan belgilanadi).
Amalda quyidagi birliklar ham ishlatiladi: 1 gPa = 100 Pa, 1kPa = 1000 Pa, atm—fizik atmosfera, at—texnik atmosfera, mm. sim. ust—millimetr simob ustuni—bunda o’lchanayotgan bosim simob ustunining bosimi bilan taqqoslanadi va h. k.
Bosim o’lchash asboblari: manometrlar, barometrlar, vakuummetrlar, bosim datchiklari, bunda gaz yoki suyuqlikning bosimi elektr, pnevmatik yoki boshqa turdagi kirish signaliga aylantiriladi.
yosh-fizik. uz