Nemis fizigi. Germaniyada ancha kambag’al oilada tug’ildi. Shu sababli, 1805 yilda Erlangen universitetida o’qiy boshlab, oxiriga yetkazolmadi. Gotshtadt (Shveysariya) da o’qituvchilik qildi. 1811 yilda Erlangenda doktorlik dissertatsiyasi tayyorladi va yoqladi. Om 20 yil davomida Bamberg, Keln, Berlin gimnaziyalarida o’qituvchilik qildi. O’qituvchilikdan bo’sh paytlaridagina u ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug’ullandi. 1833 yilda u Nyurnbergdagi Politexnika maktabiga direktor qilib tayinlandi, 1849 yilda esa Myunxen universiteti professori bo’ldi.
1826 yilda Om o’zining elektr zanjirining asosiy qonunini ochdi. Om qonuni o’tkazgichdagi o’zgarmas elektr tok kuchi I uning ikki kecimi oracidagi U potentsiallar farqiga (kuchlanishga) to’g’ri proportsionaldir: RI=U . Proportsionallik koeffitsiyenti R ga o’tkazgichning qarshiligi deyiladi. Bu qonunni E. X. Lens, B. S. Yakobi, K. Gauss, G. Kirxgof va boshqalar o’z tadqiqotlariga asos qilib olganlaridan keyingina u fanda tan olindi. 1881 yilda elektriklarning xalqaro kongressida elektr qarshilikning birligi Om nomi bilan ataldi (Ω).
Om o’z umrining oxirgi yillarini akustika sohasidagi tadqiqotlarga bag’ishladi. 1843 yilda u quloqning murakkab tovushlarni garmonik tebranishlarga ajratishini, eng sodoma eshitish taassurotlari esa garmonik tebranishlardan vujudga kelishini ko’rsatdi. Omning akustika qonuni keyinchalik nemis olimi G. Gelmgols tomonidan eshitishning rezonans nazariyasiga asos qilib olindi.
Om, shuningdek, optika va kristallooptika sohasida ham tadqiqotlar olib bordi. 1842 yilda u London qirollik jamiyati a’zoligiga saylandi.
yosh-fizik. uz