Neytron

Neytron - adronlar sinfiga mansub neytral zarra. 1932 yilda ingliz fizigi J.Chedvik tomonidan ochilgan. Protonlar bilan birga neytronlar atom yadrolari tarkibiga kiradi. Neytronning elektr zaryadi qn, nolga teng. Bu neytronlar dastasining kuchli elektr maydonlarida og’ishi bo’yicha zaryadni bevosita o’lchashlarda tasdiqlanib, ularning ko’rsatishicha, |qn| <; 10-20e (bunda e - elementar elektr zaryadi, ya’ni elektron zaryadining absolyut kattaligi). Bilvosita ma’lumotlar |qn| > 10-22e ni beradi. Neytron spini 1/2 ga teng. Yarim butun spinli adron sifatida u barionlar gruppasiga oiddir (Proton). Har bir barionning antizarrasi mavjud; antineytron 1956 yilda antiprotonlarning yadrolarda sochilishiga oid tajribalarda ochilgan. Antineytron neytrondan barion zaryadining ishorasi bo’yicha farq qiladi; neytronda protondagi kabi barion zaryadi +1 ga teng.

Ma'lumotlardan nusxa ko'chirish uchun telegram botimizga o'ting!
Telegramda bizga qo'shiling!

yosh-fizik. uz