Agar quyosh yorug’lik nurini optik shishadan qilingan prizma, tosh tuz yoki boshqa shaffof material orqali o’tkazilsa, ekranda rangli yo’l-spektr paydo bo’ladi. Spetkrning ko’k va qizil chegaralariga yaqinlashganda undagi energiya kamayadi. Lekin spektrning hatto qorong’i qismida ham ekranga nur energiyasi tushadi. Ekran yaqiniga termometr qo’yib, bunga ishonch hosil qilish mumkin. Qizil chegaradan keyingi qismiga tushadigan energiyani ko’zimizga ko’rinmaydigan infraqizil (IQ) nurlanish-elektromagnit to’lqinlar eltadi. Bunday to’lqinlarning uzunligi 0,740 mkm dan taxm. 1mkm gacha diapazonda bo’ladi.
IQ nurlanishning asosiy manbai-qizigan jismlar. Vinning siljish qonuniga ko’ra: T0K temperaturagacha qizdirilgan jismning maksimum nurlanishi mkm to’lqin uzunligiga to’g’ri keladi. Demak, odam tanasining maksimum nurlanishi λ=9,37 mkm, eriyotgan muzniki esa mkm to’lqin uzunligiga to’g’ri kelar ekan.
Olimlar IQ nurlanishni ko’rinadigan yorug’likka aylantiradigan asboblarni ishlab chiqishgan. Ular yordamida kechasi ko’rish apparaturasi yaratilgan; odam tanasi harorati kartasini olish va unga qarab odamning salomatligi haqida fikr yuritish mumkin. Infraqizil nurlanish sohasidagi spektrlar tadqiqotchilarning murakkab organik molekulalarning tuzilishini tushunishlariga yordam beradi. Infraqizil lampalarning kuchli nurlanishi oqimlaridan ko’pgina texnologik protsesslar (masalan, bo’yalgan avtomobil kuzovlarini tez quritish, fermerlarda buzoqlar, qo’zichoqlar, cho’chqa bolalarini isitish va h.k.) da foydalaniladi.
yosh-fizik. uz