Bimatall plastinka

Temperaturani ulashda bimetall plastinkadan foydalanish mumkin. Bunday plastinka ikki metalldan, masalan, temir polosasi va unga parchinlab yopishtirilgan rux polosasidan tashkil topgan. Temir va rux birday kengaymaydi. Masalan, 1 m temir simni 100 gradusgacha qizdirganda 1 mm ga, 1 m rux sim esa 3 mm ga uzayadi. Shu sababli, agar bimetall plastinka qizdirilsa, u temir tomonga egila boshlaydi.

Endi bir nechta amaliy maslahatlar beraylik. Qalinligi 5 mm, uzunligi 15 – 20 sm va kengligi 1 sm bo’lgan temir va rux nusxalar oling. Har bir 1,5 –2 sm dan keyin ularni parchin mix bilan biriktiring. Bimetall plastinkaning bir uchini qisqichga qising va uni gaz ustida qizdiring. Plastinka egiladi.Keyin shunday plastinka asosida termometr yasashga kirishing.

Ma'lumotlardan nusxa ko'chirish uchun telegram botimizga o'ting!
Telegramda bizga qo'shiling!(TEST!)

yosh-fizik. uz