Biz yasashni tavsiya qiladigan asbob taniqli ingliz fizigi nomi bilan ataladi-Maksvell mayatnigi deyiladi. Yasash uncha qiyin bo’lmagan bu asbob ko’pincha mexanikadan lektsiyalarda namoyish qilinadi va qattiq jism harakatining qator qiziqarli qonuniyatlarini ochishga imkon beradi.
Shunday mayatnikning rasmiga qarang. U ikkita ipga bog’langan o’qqa o’rnatilgan diskdan iborat. Iplarning yuqori uchlari to’singa biriktirilgan. Iplarni o’qqa o’rasangiz-disk ko’tariladi. Endi mayatnikni qo’yib yuborsangiz, u davriy harakat qila boshlaydi: avval disk tusha borib, iplar ochila boshlaydi, disk tezroq aylana boshlaydi; eng pastki nuqtaga yetib, o’z inertsiyasiga ko’ra aylanishda davom etib, disk o’z harakati yo’nalishini o’zgartiradi va yuqoriga ko’tariladi. Mana shunday tebranishlarni u to’xtaguncha davom ettiradi.
Mayatnikni yasashga doir bir necha maslahatlar: disk og’ir (m>100g), katta (d>5sm), o’qi esa ingichka va yengil, iplar-mustahkam va yetarlicha uzun (0,5m) bo’lsin. Yaxshisi o’qda almashtiriladigan disklar to’plamiga ega bo’lgan ma’qul.
Mayatnikning tebranish davri, ya’ni uning tushish va ko’tarilish, to’la vaqti disk massasiga emas, uning radiusiga bog’liq bo’lib, bu bog’lanish deyarli to’g’ri proporsionaldir. Bu hol mayatnik harakatini tushuntirish uchun J inertsiya momenti tushunchasidan foydalanish lozimligini ko’rsatadi (disk uchun ).
Maksvell mayatnigi davri uchun aniq formula anchagina oddiy hisoblashlardan hosil qilinishi mumkin. bunda l-ip uzunligi, r-disk o’qi radiusi, J-inersiya momenti, bu formulani disk uchun ham, matyanik konstruksiyasini tegishlicha o’zgartirib, shar uchun ham qo’llash mumkin.
yosh-fizik. uz