Mashhur fizik olim, akademik, uch marta sobiq Sotsialistik Mehnat Qahramoni.
Uralda, Sim shahrida, yer o’lchovchi oilasida tug’ildi. Tez orada uning oilasi Qrimga ko’chib o’tdi, bu yerda Igor Simferopol gimnaziyasiga kirdi. Uni oltin medal bilan tugatib, Krim universitetining fizika- matematika fakultetida o’qishini davom ettirdi. U to’rt yillik o’quv programmasini uch yilda bajardi.
1925 yildan boshlab I. V. Kurchatov Leningrad Fizika-texnika institutida akademik A. F. Ioffe rahbarligida ishlay boshladi.
Kurchatov o’z ilmiy imkonini dielektriklar tabiatini o’rganishdan boshladi. Tez orada u muhim kashfiyoti – segnetoelektr deb nomlangan yangi fizik hodisani topdi (Segnetozlektriklar). Bu ishdan keyin Kurchatov mamlakatimizda birinchilardan bo’lib atom yadrosi fizikasini o’rganishga kirishdi. 1934 yilda neytronlar bilan bombardimon qilib yadro reaktsiyalarining tarmoqlanish hodisasini kashf qildi va qator ximiyaviy elementlarning sun’iy radioaktivlikligini tekshirdi. 1935 yilda Kurchatov va uning xodimlari bromni neytronlar oqimi bilan nurlantirilganda bromning radioaktiv atomlari ikki xil tezlikda yemirilishini payqadilar. Bunday atomlarni izomerlar deb, olimlar tomonidan ochilgan kashfiyotni esa yadroizomeriyasi deb atadilar.
Fanda neytronlar uran yadrosini yemirish xususiyatiga ega ekani aniqlandi. Bunda ko’p energiya ajraladi va uran yadrosining bo’linish jarayonini davom ettiruvchi yangi neytronlar hosil bo’ladi. I. V. Kurchatov laboratoriyasida G. N. Flerov va K. A. Petrjak uranning atom yadrolari neytronlar yordamisiz ham bo’linishini topishdi; shunday qilib, uranning o’z-o’zicha (spontan) bo’linishi kashf qilindi.
I. V. Kurchatov katta ilmiy kollektiv kuchini muhim davlat muammolarini hal etishga jalb etishni uddasidan chiqadigan fanning buyuk tashkilotchisi edi. 1943 yildan boshlab u atom energiyasidan foydalanishga bog’liq bo’lgan ilmiy ishlarni boshqardi. Uning rahbarligida birinchi siklotron (1944) va Yevropada birinchi atom reaktori (1946) qurildi, atom (1949) va termoyadro (1953) bombalari yaratildi, jahonda birinchi sanoat atom elektrstantsiyasi qurildi (1954), boshqariladigan termoyadro sintezi bo’yicha tadqiqotlar boshlandi.
1957 yilda I. V. Kurchatov sobiq Lenin mukofoti laureati bo’ldi. U tashkil qilgan Atom energiyasi instituti va Beloyarsk atom elektrostansiyasiga Kurchatov nomi berildi. Sobiq ittifoq Fanlar akademiyasi yadro fizikasi sohasidagi nodir ishlarga Kurchatov nomidagi medalni ta’sis qilgan. Mendeleyev davriy sistemasidagi 104-elementga k u r c h a t o v i y deb nom berilgan.
yosh-fizik. uz