Igor Yevgenevich Tamm - taniqli fizik, akademik, sobiq Sotsialistik Mehnat Qahramoni.
Vladivostokda injener oilasida tug’ilgan. 1918 yilda Moskva universitetini tugatgandan so’ng bir qator Oliy o’quv yurtlarda o’qituvchilik qildi. 1924 yilda Moskva universitetida o’qituvchilik faoliyatini boshladi. 1934 yildan. universitet professori bo’lib qolgani holda, Tamm Fanlar akademiyasi Fizika institutining nazariy bo’limini boshqara boshladi.
1930 yilda Tamm kristallarda yorug’lik sochilishnning kvant nazariyasini yaratdi. Bunda u nazariy fizikaga birinchi marta kristall atomlarining fononlar deb atalgan tebranma harakati keyingi tushunchasini kiritdi. Fonon hozirgi zamon nazariy fizikasida keng foydalaniladigan kvazizarralar deb ataladigan zarralar ichida birinchisi edi.
1934 yilda olim yadro ichida protonlar va neytronlarni tutib turuvchi yadro kuchlari tabiatiga oid ishlar siklini bajara boshladi. U birinchi bo’lib, bu kuchlar almashinuv xarakteriga ega, degan taxminni qildi: ular protonlar va neytronlar chiqaradigan va yutingan qandaydir zarralarning uzluksiz almashinuvi natijasida vujudga keladi. Yadro kuchlarining Tamm matematik jihatdan rivojlantirgan miqdor nazariyasi kelgusida yadro kuchlarining hozirgi zamon mezon nazariyasining yaratilishiga imkon berdi (Adronlar). 1937 yilda-I.E.Tami va sobiq sovet fizigi I.M.Frank yorug’likning muhitdagi tezligidan katta tezlik bilan harakatlanayotgan elektronning nurlanish nazariyasini yaratdilar (Vavilon-Cherenkov effekti), I.Y.Tamm plazma fizikasi va boshqariluvchi termoyadro reaktsiyalari problemalari ustida ko’p ishladi. U issiq plazmani kuchli magnit maydonlari yordamida ushlab turish g’oyasining mualliflaridan biri bo’lib, bu g’oya asosida turli-tuman eksperimental termoyadro qurilmalari yaratildi (Termoyadro sintezi, Tokamak).
I.E.Tamm yozgan “Elektr nazariyasi asoslari” darsligi 8 marta nashr qilindi.
1946 va 1953 yillarda Tamm Davdat mukofotiga. 1958 yilda Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi.
I.E.Tamm fizik-nazariyotchilar maktabini yaratgan bo’lib, ko’pchilik mashhur olimlar shu maktabda ta’lim olganlar.
yosh-fizik. uz