Lev Andreyevich Arsimovich (1909-1973)

Fizik olim, akademik, sobiq Sotsialistik Mehnat Qahramoni, sobiq Lenin mukofoti (1958) va Davlat mukofotlari (1953, 1971) laureati.

Moskvada tug’ilgan. 1928 yilda Minskdagi Belorus davlat universitetining fizika-matematika fakultetini tugalladi. 1930 yildan 1944 yilgacha Leningraddagi fizika-texnika institutida, so’ngra sobiq ittifoq Fanlar akademiyasinyang Atom energiyasi institutida ishladi.

L. A. Arsimovichning asosiy ishlari atom va yadro fizikasi bilan bog’langan. U tadqiqotlarni rentgen nurlar fizikasidan boshlab, rentgen diapazondagi to’lqin uzunliklarning to’la ichki qaytish hodisasini eksperimentda o’rgandi. 1932 yilda I. V. Kurchatov bilan birga yadro reaksiyalarining eng dastlabkilaridan biri – neytronning proton, tomonidan tutilishini tadqiq qildi. 1936 yilda A. I. Alixanov va A. I. Alixanyan bilan birgalikda L. A. Arsimovich elektron va pozitronning annigilyatsiyasida energiya va impulsning saqlanish qonunlari o’rinli ekanligini eksperimentda isbotladi. Bu ushbu qonunlarning kvant-mexanik o’zaro ta’sir elementar aktida birinchi marta tajribada tasdiqlanishi edi. Vaholanki, o’sha paytgacha ko’pgina olimlar bunga shubha bilan qarar edilar. 1935 – 40 yillarda L. A. Arsimovich tez elektronlarning modda bilan o’zaro ta’siriga oid, keyinchalik klassik bo’lib qolgan tadqiqotlar tsiklini bajardi.

Ulug’ Vatan urushi yillarida L. A. Arsimovich mamlakat mudofaasi uchun muhim, tungi ko’rish asboblarini yaratish bilan bog’liq bo’lgan elektron optika masalalari bilan shug’ullandi. Urushdan keyin mamlakatimizda atom energiyasini egallash maqsadida tadqiqotlar boshlanganda u bu tadqiqotlarning bir yo’nalishiga boshchilik qildi hamda izotoplarni ajratishning elektromagnitik metodini ishlab chiqish masalasini muvaffaqiyatli hal qildi.

1950 yilda L. A. Arsimovich boshqariladigan termoyadro sintezi muammosini eksperimental o’rganishga kirishdi. Uning rahbarligida kuchli tokli gaz zaryadlarining neytron nurlanishi kashf qilindi va o’rganildi.

Umrining oxirgi yillarida u Tokamak tipidagi qurilmalarda olib borilgan tadqiqotlarga rahbarlik qildi.

Hozirgi paytda insoniyat uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan energetika muammolarini hal qilishda boshqariladigan termoyadro sintezidan foydalanishga katta umid bog’langan.

Ma'lumotlardan nusxa ko'chirish uchun telegram botimizga o'ting!
Telegramda bizga qo'shiling!

yosh-fizik. uz