Har yili 7 mayda mamlakatimizda Radio kuni nishonlanadi. Radioning kashfiyotchisi rus olimi Aleksandr Stepanovich Popov bo’lgan.
U Uraldagi Turinskiye Rudniki zavod posyolkasida tug’ildi. Bolaligidan texnikaga qiziqdi, qo’lbola nasos, suv tegirmonlari yasadi, hamisha o’ziga xos yangi narsa uylab topishga urinar edi. Masalan, bir kuni toshli oddiy soatni elektr budilnikka aylantirdi. Bu elektr asbob kerak mahalda yaxshi jiringlab, ba’zan «itoatdan bosh tortar edi»: agar yaqin orada yashin uchqunlari chaqnasa, qo’ng’iroq chalinar edi. Bu hodisaning sababini o’sha paytda faqat gimnazist Sasha Popovgina emas, balki o’sha paytdagi fizik olimlar ham aytib bera olmas edilar.
Faqat 1880 yillar oxiridagina, nemis fizigi G. Gers elektromagnit to’lqinlarning mavjudligini tajribada isbot qildi va ularning ba’zi xususiyatlarini tekshirdi.
Ularning fazoda hosil bo’lishi mumkinligini ingliz olimi J. Maksvell o’zining «Elektr va magnetizm to’g’risidagi traktat»ida (1873) oldindan aytib berdi.
A. S. Popov Peterburg universitetining fizika-matematika fakultetini tugatgach, Minachi ofitser sinfida, so’ngra Kronshtadtdagi Dengiz boshqarmasiga qarashli texnika bilim yurtida fizika va elektrotexnikadan dars beradi.
G. Gersning elektrodinamikaga oid ishlari bilan tanishgach, A. S. Popov elektromagnit hodisalarini o’rgana boshladi.
1895 yilning boshida u jahonda birinchi radiopriyomnikni – «elektr tebranishlarni sezadigan va paydo qiladigan, signalni simsiz uzatishga yaroqli asbobni (radioaloqani) yaratdi. 1895 yil 7 mayda (yangi stil bo’yicha) rus fizika-ximiya jamiyati fizika bo’limining kengashida Popov o’z ixtirosi to’g’risida ilmiy doklad qildi va uni namoyish qilib berdi.
Bu voqeani nishonlash uchun har yili 7 may Radio kuni qilib belgilangan. Shu kuni «asbob kelajakda takomillashtirilgani sari undan signallarni ma’lum masofaga tez elektr tebranishlar yordamida uzatishda foydalanish mumkin» deb umid bilan o’z fikrini bayon etdi.
1897 yilning bahoridayoq Kronshtadt gavanlaridagi tajribalarida olim 600 m olislikka, o’sha yilning yozida kemalardagi sinovda esa 5 km li masofaga radioaloqa o’rnatishga muvaffaq bo’ldi.
So’nggi yillarda A. S. Popov Peterburg elektrotexnika institutida fizika bo’yicha professor va institut direktori bo’lib ishladi. 1901 yilda u Rus texnika jamiyatiga faxriy a’zo qilib saylandi.
A. S. Popov kabinetda o’tiradigan olim emas edi, u o’z kashfiyotlarining jamiyatga xizmat qilishiga intildi. Uchqunli radio uzatkich va qabul qilish qurilmasini ishlab chiqib, u darhol dengiz flotida simsiz telegrafni qo’llay boshladi va 1900 yilning yanvarida Boltiq dengizida katta muz parchasida 27 baliqchi oqib ketganda, radio orqali buyruq olgan «Ermak» muzyorari ularga yordamga chiqdi. Bu muruvvatli harakatdan boshlab yangi aloqa vositasidan amalda foydalanish boshlandi.
yosh-fizik. uz