Difraktsion panjarani qanday yasash mumkin?

Uni fotousulda mustaqil yasash eng ma’qul yo’l. Katta formatli vatman listga qora tush bilan parallel chiziqlar chizib olinadi. Chiziqlarning eni va oralig’i 2-3 mm bo’lishi kerak. So’ngra 5-6 m narida turib, bu listni yorqin va bir tekis yoritgan holda fotosurati olinadi.

Ochiltirilgandan so’ng negativ difraktsion panjara vazifasini o’tashi mumkin. Uning har 1mm qismida bir necha o’n itrix bo’ladi, bu esa dastlabki eksperimentlar uchun yetarli. Uni tekshirish uchun diaproyektordan foydalaning. Diapozitiv o’rniga tirqishli zarqog’oz qo’ying va tirqish tasvirini ekranga tushiring. Ob’ektivga haligi panjarani yaqinlashtirsangiz, tirqish atroflarida kamalak rangli ekran tomonga sursangiz, ikkinchi va uchinchi tartibli spektrlarni ko’rish mumkin bo’ladi.

Ma'lumotlardan nusxa ko'chirish uchun telegram botimizga o'ting!
Telegramda bizga qo'shiling!(TEST!)

yosh-fizik. uz