Qaynash protsessi sokin o’tishi uchun odatda qizdirilayotgan eritmali idishga shisha naycha bo’lagi, marmar parchasi va h. k. solib qo’yiladi. Bu qoidaga rioya qilinmasa, suyuqlik o’ta qizishi va tasodifan vujudga kelgan har xillik jadal bug’ hosil qilishi, ba’zan kichik portlash yuz berishi mumkin. Shuning uchun o’ta qizigan suyuqlik bilan tajribalar o’tkazayotganda tavakkal qilmasdan, modeldan – oddiy gazli suvdan foydalangan ma’qul. Bunday suv karbonat angidrid gazi bilan to’yingan bo’ladi, unda CO2 pufakchalari hosil bo’lishi bug’ pufakchalari hosil bo’lishiga o’xshaydi
Enli stakanga suv quying-da, ko’pikning so’nishini va suvdan faqat ayrim pufakchalar ko’tarilishini kuting (hali suyuqlikda gaz yetarli bo’lsa ham). Gazning chiqishini tezlashtirish uchun qaynash markazlari hosil qilish kerak. Buning uchun, masalan, suvga bir chimdim shakar solish kerak. Qaynash effektli bo’lishi uchun suvni aralashtirish lozim. Bu holda pufakchalarning hosil bo’lishi suyuqlikda vujudga keladigan har xilliklar hisobiga ro’y beradi. Meva doni yoki shokolad bo’lagini stakanga tashlang. Ular stakan tubiga yetgach, ularning atrofiga pufakchalar yopishib qoladi va suv sirtiga qalqib chiqadi. Pufakchalar havoga chiqib ketadi, meva yoki shokolad bo’lagi yana suv tubiga cho’kadi. Ba’zan bunday cho’kish va qalqishlar bir necha marta yuz beradi.
Chiqayotgan pufakchalar suyuqlikda erigan boshqa gazlarni ham o’zi bilan olib chiqadi. Bu xossadan ko’pincha fizika va texnikada foydalanib, bunda pufakchalarni hosil qilayotgan gaz (yani eltuvchi gaz) CO2 bo’lishi shart emas. Masalan, quyosh neytrinosi bilan tajribalar o’tkazib geliy pufakchalari oqimidan foydalanildi, ular suyuqlikli katta tsisternadan quyosh neytrinosi tasirida hosil bo’lgan radioaktiv argon bilan birga argon kubining o’ndan bir ulushini olib chiqdi.
yosh-fizik. uz