Elektroliz

Elektroliz – eritmalar yoki elektrolit eritmasi orqali elektr toki o’tganda elektrodlarda sodir bo’ladigan fizik-ximiyaviy jarayonlar shu nom ostida birlashadi. Musbat va manfiy elektrodlarda bo’ladigan jarayonlar mexanizmi turlichadir. Anodda ionlar, atom yoki molekulalar elektronlarini bergani uchun unda elektroximiyaviy oksidlanish reaktsiyasi sodir bo’ladi. Aksincha, katoddagi turli zarralarga elektronlar kelib qo’shiladi va bu yerda sodir bo’ladigan reaktsiyalar elektroximiyaviy tiklanish reaktsiyalaridir.

Elektroliz 1833 – 1834 yillarda ingliz olimi M. Faradey ochgan qonunlarga bo’ysunadi. Faradeyning birinchi q o n u n i shunday ta’riflanadi: elektrodda ajralib chiqadigan modda miqdori M elektrolitdan o’tgan elektr zaryadi q ga to’g’ri proporsional: yosh fizik

Proporsionallik koeffitsiyenti k son jihatdan elektrolitdan elektr zaryadi birligi o’tganda ajralib chiqadigan modda massasiga teng va unga moddaning elektroximiyaviy ekvivalenti deyiladi. Elektrolitdan t vaqt oralig’ida I o’zgarmas tok o’tganda yosh fizik va yosh fizik bo’ladi.

Faradeyning ikkinchi qonuni ga asosan, elementlarning elektroximiyaviy ekvivalentlari ularning ximiyaviy ekvivalentlariga to’g’ri proporsionaldir: yosh fizik, bu yerda elementning atom og’irligi A ning uning valentligi Z ga nisbati ximiyaviy ekvivalent deyiladi. Modda massasining grammlarda ifodalangan miqdori uning ximiyaviy ekvivalentiga teng va u gramm-ekvivalent deyiladi.

F =1/s kattalik Faradey soni deyiladi.

Faradey soni elektrodda 1 gramm-ekvivalent modda ajralishi uchun elektrolitdan o’tishi kerak bo’lgan elektr zaryadiga teng:

yosh fizik

F ning kattaligi elektron zaryadining Avogadro soniga ko’paytmasiga teng (Avogadro qonuni va soni).

Elektroliz – fizik va ximiyaviy hodisalar o’rtasida mustahkam bog’lanishni aks ettiruvchi fizik-ximiyaviy jarayon. U amalda keng miqyosda qo’llaniladi. Uning yordamida boshqa yo’llar bilan olish qiyin bo’lgan ko’pgina ximiyaviy birikmalar–kukunlar ko’rinishidagi toza metallar va boshqalar olinadi. Elektroliz jarayonidan turli metallarni korroziyadan himoya qilishda foydalaniladi. Amalda elektroliz maxsus apparatlarda – elektrolizyorlar da o’tkaziladi. Ular po’lat, keramik materiallar, shisha va plastik massalardan tayyorlanadi. Elektrodlar turli metallar va qotishmalardan tayyorlanadi. Ba’zan, elektroliz davomida anod va katodda shunday moddalar vujudga keladiki, iloji boricha ularning o’zaro ta’siridan qochish kerak. Shu maqsadda elektrolizyorga serkovak to’siq– diafragma qo’yiladi.

Ma'lumotlardan nusxa ko'chirish uchun telegram botimizga o'ting!
Telegramda bizga qo'shiling!(TEST!)

yosh-fizik. uz