Agar chang bosgan ko’zgu oldida sham yoki fonarcha yoqilsa, alanga (lampochka) atrofida tovlanma hoshiyani ko’rish mumkin. Bu hoshiya sirtini tartibsiz chang zarralari qoplagan ko’zgudan qaytgan yorug’lik interferensiya tufayli paydo bo’ladi. Chang zarralari «difraksion panjara» hosil qiladi. Bunday hodisa ba’zan quyosh yoki oyni o’ragan «toj»-rangli konsentrik aylanalar hosil bo’lishiga o’xshaydi. Bu yerda chang rolini atmosferadagi suv tomchilari o’ynadi. «Doimiy chang bosgan ko’zgu» hosil qilish uchun toza shisha bo’lgani, masalan, tozalangan fotoplastinkani olib, sirtiga yupqa qilib vazelin surkash va bir tekis qilib likopodiy kukuni (o’simlik sporalari) sepish kerak.
Uning ustiga xuddi shunday plastinkani qo’yib, ular orqali sham alangasiga qarasangiz, sham atrofini bir nechta halqadan iborat rangli hoshiya o’rab olganini ko’rasiz.
Har qaysi halqa ichida ko’k rang, tashqarisida qizil rang ko’rinadi.
yosh-fizik. uz