Atmosfera

Bu so’z «bug’» va «qobiq» ma’nolarini anglatuvchi yunoncha «atmos» va «sfera» so’zlaridan kelib chiqqan. Gaz qobiqlari hamma yulduzlar va katta sayyorlarni o’rab olgan. Kichik osmon jismlarida esa atmosfera yo’q. Bunga sabab shuki, kichik osmon jismlari sirtida og’irlik kuchi tezlanishi g va ularning radiusi R uncha katta emas, shuning uchun ikkinchi kosmik tezlik yosh fizik gaz molekulalarining issiqlik tezligidan kichik bo’ladi-kichik oson jismlari gazni tutib tura olmaydi.

Biroq, hatto yulduzlar va katta sayyoalardan atmosfera gazi asta-sekin kosmosga uchib ketadi. Masalan, quyosh har sekundda 109 kg vodorod va geliyni yo’qotadi. Bizning yulduzimiz (quyosh) dan chiqayotgan protonlar, geliy yadrolari va elektronlar oqimi quyosh shamoli deyiladi. yerdan esa har sekundda kosmosga 1 kg vodorod uchib ketadi. Bu vodorod qaerdan keladi o’zi? Axir yer yaqinidagi havoda u juda ham oz-ku.

Ma’lum bo’lishicha, 90-150 km balandliklarda quyosh nurlanishining ultrabinafsha qismi ta’sirida suv bug’laridan vodorod hosil bo’lar ekan. Vodorod bunday uchib ketib tursa, yer okeanlaridagi suv (yosh fizik kg) qanchaga yetishini hisoblab chiqaylik. Butun okean faqat 5000 mlrd. yildan so’ng bug’lanib ketishi mumkin ekan, bu esa yerning hozirgi yoshidan 1000 marta kattadir.

Juda katta balandliklardagi yer atmosferasida Quyoshning ultrabinafsha nurlanishi faqat suv molekulalarini parchalabgina qolmaydi. 90 km balandlikdan boshlab yuqorida atmosfera tarkibi yer yaqinidagi biz o’rgangan havo tarkibidan keskin farq qiladi. Bunga sabab shuki, bunday balandliklarda gazlar molekulyar holatdan atomar holatga o’tadi. Atom yoki molekula massasi qanchalik kichik bo’lsa, bu gazning issiqlik harakati hisobiga katta balandlikka ko’tarilish, oxir oqibatda osmon bo’lishligi ravshandir.

Sayyoralar atmosferasining tuzilishi bir tomondan ularning tarkibi bilan, boshqa tomondan quyosh nurlanishining intensivligi bilan, demak, Quyoshgacha bo’lgan masofa bilan aniqlanadi. Balandlik ortish bilan temperatura ortishi yoki kamayishiga qarab, yer atmosferasi bir necha qatlamga ajratiladi (rasmga qarang). yerdagi havoning 89% i troposferada-Er sirtiga tutash qatlamda to’plangan. Bu atmosferaning biz uchun eng muhim bo’lgan qismidir. Troposfeoraning notekis isishi butun sayyorada shamollar paydo qiladi. SHamolning suv sirtiga ishqalanishi passat va musson oqimlarining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Dengiz va okeanlar sirtidan bug’langan suv yuqoriga ko’tarilib, bulut va tumanning mayda tomchilari holatida kondensatlanadi, ulardan yog’in yog’adi.

20-50 km balandliklarda ozon qatlami joylashgan. Quyoshning ultrabinafsha nurlanishi yutuvchi ayni O3 ozon taxminan 50 km balandliklarda temperatura ortishiga sabab bo’ladi. Katta dozalarda sog’liq uchun zararli bo’lgan ultrabinafsha nurlanishdan bizni himoya qiluvchi ozon «qatmali» bo’lmaganda yerda hozirgi shakldagi hayot bo’lmagan bo’lar edi.

90 km dan yuqorida quyosh nuranishi gazlarning ajralish ximiyaviy reaktsiyasini vujudga keltiribgina qolmay, balki ularni ionlashtiradi ham. Bunda paydo bo’linadigan ionlar va erkin elektronlar yer ionosferasining bir nechta qatlamiga joylashadi. 150-1000 km balandlikda quyosh nurlanishi atomlar yutgani sababli tyermosfera va ekosferaning temperaturasi ko’tariladi. Bu temperaturani termometr bilan o’lchab bo’lmaydi: bu balandliklarda gaz zichligi shunchalik kichikki, u bilan termometr orasida issiqlik muvozanati o’rnatilmaydi. Bu holda temperatura molekulalar va atomlarning o’rtacha kinetik energiyasi bo’yicha o’lchanadi; u 700-9000 C ga yetadi.

Ma'lumotlardan nusxa ko'chirish uchun telegram botimizga o'ting!
Telegramda bizga qo'shiling!(TEST!)

yosh-fizik. uz