Neon lampa bilan o’tkaziladigan tajribalar

Biqsima razryaddan foydalaniladigan asboblar ichida uy sharoitida o’tkaziladigan tajribalar uchun neon lampa, masalan, TN = 02 = 2 tipidagi lampa eng qulay hisoblanadi.

Mana uning asosiy xarakteristikalari: razryad chaqnashi sodir bo’ladigan kuchlanish—85 V, eng katta ishchi toki—0,25 mA. 1-rasmda shunday lampaning tashqi ko’rinishi va shartli tasviri sxemalarda ko’rsatilgan.

Zanjirga o’zgarmas tok ulanadigan bo’lsa, tsokol korpusini tok manbaining musbat qutbi bilan, uning pastki uchini manfiy qutbi bilan biriktiring.

Ancha murakkab tajribalar o’tkazishga kirishishdan avval eng oddiy ikkita tajribani o’tkazing. Taroqni sochingizga bir necha marta qattiq-qattiq ishqang. Endi lampa tsokolini bir qo’lingizda o’shlab, uning pastki chiqish uchiga taroqni tegizib ko’ring. Juda qisqa vaqt unda razryad chaqnaydi. Agar ebonit tayoqchani jun bilan ishqalansa va lampaning pastki chiqish uchini tayoqcha bo’ylab siljitilsa, razryad bir necha marta chaqnaydi.

Oddiy tajribalardan yana biri sinagich tayyorlash. Unda yongan lampa rozetkaga kuchlanish kelganligini bildiradi. Bunday sinagichning sxemasi 2-rasmda keltirilgan. Zanjirda kerakli tok bo’lishi uchun R qarshilik 4 kOm ÷ 1,5 mOm bo’lishi kerak. Siz sinagichni ulasangiz va lampa yonsa, uning elektrodlari orasidagi fazoni sinchiklab kuzating. YOrug’lanish rangi lampadagi gaz tarkibiga bog’liq bo’ladi: u qizil yoki qizg’ish-zarg’aldoq rangli bo’lishi mumkin. U elektrodlar orasida bir tekis taqsimlanmaydi, lampa katodi atrofida yorug’lanayotgan gaz qatlami yaxshi ko’rinadi. Qarshilikni yuqorida ko’rsatilgan chegaralarda o’zgartirib, yorug’lik ravshanligining o’zgarishini ko’rish mumkin.

Oddiy tajribalardan keyin lampaning ba’zi xarakteristikalariga o’zgarish kiritish mumkin. Buning uchun 3-rasmda ifodalangan sxemani yig’ish lozim. A va V nuqtalarga kichik quvvatli o’zgarmas kuchlanish manbai ulanadi. Bu ketma-ket ulangan batareyalar, sanoatda yoki qo’lda yasalgan to’g’irlagich bo’lishi mumkin. V voltmetrning o’lchash chegarasi 150 V, potensiometrning maksimal qarshiligi R=47 kOm. Lampada kuchlanish ortganda, unda dastlab juda kichik qorong’ilik toki oqadi va lampaning qarshiligi juda katta bo’ladi. Ma’lum kuchlanish Uyonish da biqsima razryad hosil bo’ladi. TN-02-2 tipidagi lampa uchun Uyonish ≅ 80 V. Bu paytda lampa qarshiligi kamayadi, tok ko’payadi, kuchlanish esa pasayadi: Urazryad ≅ 60 V. Keyin potentsiometr dastagini siljitib, siz voltmetr ko’rsatishlari o’zgarmasligini ko’rasiz. Bunda tok ko’payadi va razryad katodning katta yuzini egallaydi.

Agar lampaga yanada ko’proq kuchlanish qo’yilsa (buni bizning sxemada qilib bo’lmaydi), unda yoy razryad chaqnaydi va lampa ishdan chiqadi.

Neon lampada razryad chaqnashi sodir bo’ladigan kuchlanishni hisobga olib, uning ish kuchlanishidan yuqoriroqda, lampa yordamida oddiy tebranishlar generatorini yasash mumkin. Uning prinsipial sxemasi 4 a-rasmda keltirilgan. A va V nuqtalarga yo avvalgi tajribalarda foydalanilgan to’g’irlagich, yoki juda oddiy, bitta yarim davrli to’g’irlagich ulanadi . Generator quyidagicha ishlaydi.

Zanjirga S1 sig’im ulangan paytda generator R1 va R2 qarshiliklar orqali zaryadlanadi. Lampa yonmaydi (uning qarshiligini cheksiz katta deb hisoblash mumkin). S1 qoplamalarida kuchlanish t vaqt o’tgan sari U = U0(l—l-R C) qonun bo’yicha o’sadi, bunda U0—tarmoqdagi kuchlanish, R =R1+R2, S = C1 va l—natural logarifm asosi, 2,72 ga teng son.

U kattalik (Uyonish ga teng bo’lganda) lampa chaqnaydi, uning qarshiligi keskin kamayadi va sig’im zaryadsizlanadi.

Bu jarayon zaryadlanishga nisbatan katta tezlikda sodir bo’la boradi va kondensatordagi kuchlanish to Uo’chish ga tenglashguncha davom etadi. Lampa o’chadi va tsikl yana qaytariladi. Ossillograf ekranida siz rasmda ifodalanganga o’xshash manzarani kuzatasiz.

S1 sig’im va R2 qarshilik kattaliklarini o’zgartirib, lampaning turli, chastotadagi chaqnashini hosil qilish mumkin.

Ma'lumotlardan nusxa ko'chirish uchun telegram botimizga o'ting!
Telegramda bizga qo'shiling!

yosh-fizik. uz