Geofizika

Geofizika yoki yer fizikasi-sayyoramiz va uning yaqin atrofi - Quyosh sistemasini o’rganuvchi fanlar kompleksi. yer va boshqa oson jismlari taxminan 4,6 mlrd yil avval tashkil topgan. yer, Oy va meteoritlar eng qadimiy jinslarining yoshi xuddi shunga teng. (Jinslarning yoshi ularning oxirgi marta erish yoki changdan kondensatlanishi paytidan hisoblanadi, o’zlari esa ba’zi izotoplarning nisbiy tarkibiga qarab aniqlanadi).

Sayyoralar kichik osmon jinslarining to’qnashishidan vujudga kelgan. Yirik meteoritlarning tushgan ko’p sonli izlarini-eng qadimiy voqealarning darakchilari sifatida-Oyning sirtida binoklsiz ham ko’rish mumkin. Bunda Oydagi soya joylarining ba’zan dumaloq shaklli ekanligi-yoshi 3-4 mlrd. yil bo’lgan, ulkan kraterlarning keyingi to’qnashuvlari tufayli yarim yemirilgan shakli ekanligidan dalildir. yerda esa bunday izlar qolmagan, buning sababi sayyoramizning suyuq ekanligidir.

Erimizni suyuq deyish g’ayritabiiy tuyuladi, chunki yer moddasining oqayotganligi bizga deyarli sezilmaydi. Biroq yer moddasi oqadi va uning oqish tezligi yiliga bir necha santimetrni tashkil qiladi. Bunday tezlik bilan yer sharining diametriga teng masofani o’tish uchun qancha vaqt kerak bo’lishini hisoblash oson. Bunday vaqtda, ya’ni 0,5 mlrd. yil ichida, yer sirti juda sezilarli o’zgaradi, shuning uchun yerda eng qadimiy jinslarni topish qiyin.

Aslida yerning juda yupqa (bor-yo’g’i 20-40 km) po’sti –Er qobig’igina haqiqiy qattiqdir. Sayyoramizning ichki tuzilishi asosan seysmologiya-er sharida tovushning tarqalishini o’rganuvchi fan ma’lumotlaridan ma’lumdir. Chuqurlik ortgan sari yer jinslarining temperaturasi ko’tarila boradi. Yuqori temperaturalar ta’sirida jinslar yumshoqlashadi va modda 40 km dan 400 km gacha chuqurlikda uzoq muddatli kuchlar (nagruzkalar) ta’sirida oqishi mumkin. Masalan, bor-yo’g’i 10 ming yillar avval iqlimning isishi tufayli, xuddi hozirgi vaqtda Antraktida va Grenlandiyani qoplagandek, Shimoliy yevropa va Kanadani qoplagan ulkan muzliklar erishi ro’y bergan. yer qobig’i ikki kilometrli muz qatlami og’irligidan hosil bo’lgach, ko’tarila boshlagan. Skandinaviya va Amerikaning shimolida bunday ko’tarilish yiliga bir necha millimetr tezlik bilan hozir ham davom etmoqdi. Bunday ko’tarilish yuqori mantiyaning yopishqoq oqimidan yuzaga keladi.

Mantiya deb jinslarning temperaturasi taxminan 4,5 ming graduslarga ko’tariladigan 40 km dan 2920 km gacha chuqurlikdagi butun qatlamga aytiladi. Mantiya qatlamida jinslarning zichligi sakrash yo’li bilan 5,5 dan 10g/sm3 gacha kattalashadi, undan quyida esa yer moddasi erigan holatda bo’ladi. yerning suyuq yadrosi deb ataladigan 3450 km radiusli bu qism asl ma’nosi bilan ham suyuqdir, u hatto tovush to’lqinlarida hosil bo’ladigan qisqa muddatli kuchlar ta’sirida ham oqadi. Yuqori elektr o’tkazuvchanlikka ega bo’lgan bu suyuqlikning doimiy oqishlari, aftidan, yer magnit maydonining paydo bo’lishiga olib kelsa kerak (Magnitosfera). Nihoyat, yerning asl markazida radiusi 1250 km bo’lgan ichki qattiq yadro ham bor, uning zichligi 13 g/sm3 ga yaqin moddiy tuzilgan.

Yer qobig’i-litosfera, ya’ni tosh qobiq deb ham ataladi va u bir-biriga nisbatan sekin-asta siljiydigan alohida plitalardan iborat. Asosiy litosfera plitalari va ularning hozirgi zamon harakatlari rasmda ko’rsatilgan. O’rtacha-okean tog’liklari rayonlarida yerning yangi qobig’i paydo (2-rasm: yerning ichki tuzilishi) bo’lmoqda, uch kilometrlik cho’kmalar qatlami bilan qoplangan eski qobiq esa kontinentlar ostiga «sho’ng’ib», tobora yo’qolib bormoqda. Plitalarning o’zaro siljishlaridan, yer qattiq qobig’ining paydo bo’lishi va yemirilishidan yer qimirlashlari sodir bo’ladi. Cho’kib borayotgan litosfera plitasi yuqori temperaturalar zonasiga tushib qolganda ximiyaviy reaktsiyalar sodir bo’lib, uning cho’kma qatlamini o’zgartiradi. Bunda gazlar va suv bug’lari hosil bo’ladi; ular vulkanlar tarzida otilib chiqadi va ehtimol, cho’kmalar organik moddalarining bir qismi neftga aylanishi mumkin.

Er birlamchi atmosferasining paydo bo’lishiga xuddi shu vulkanlar faoliyati sabab bo’lgan, mantiya moddasining differensiyasida hosil bo’lgan suv esa Dunyo okeanini vujudga keltirgan.

Geofizika bu sanab o’tilgan yo’nalishlardan tashqari yerning vaqt davomidagi o’zgarib turadigan aylanishini, yerning asl shaklini, yer va Oyning o’zaro ta’sirini (suv ko’tarilishlari, aylanishning sekunlashishi), yerning iqlimi va h. k. larni o’rganadi.

Ma'lumotlardan nusxa ko'chirish uchun telegram botimizga o'ting!
Telegramda bizga qo'shiling!(TEST!)

yosh-fizik. uz