Eritmalar fluoressensiyasi

Laboratoriya ishlarida va leksiyalarda ko’rsatish uchun ravshan fluoressensiyaga ega bo’lgan turli-tuman eritmalardan foydalaniladi. Fluoressensiyaning suv-ishqorli eritmasi, rodamin eritmasi va h.k. yaxshi ma’lum. Uy sharoitlarida o’tkaziladigan tajribalar uchun yaraydiganlari kam. Sof kerosinda kuchsiz zangori, rivanolda (uni aptekadan topish mumkin) sarg’ish-yashil fluoressensiyani kuzatish mumkin. Ba’zan, fotoplyonka va fotoqog’ozlarning ko’p foydalaniladigan ochiltirgichlari ham fluoressensiyalanadi.

Eritma fluoressensiyasini yaxshisi diaproyektor yordamida kuzatgan ma’qul. Undagi diapozitiv o’rniga o’rtasiga teshik (d=2-3mm) ochilgan karton bo’lagi qo’yiladi. Natijada kuchsiz taraladigan yorug’lik nuri olishga imkon tug’iladi. Eritmalar shisha idishga solinadi (idish to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lsa, yana yaxshi, masalan, atir shishasi) va karton bo’lagidagi teshik tasvirini shu shisha idishning old devoriga fokuslanadi. Agar idishga oddiy shaffof suyuqlik quyilgan bo’lsa, shishaning yonidan qarab yorug’lik nurini ko’rib bo’lmaydi. Agar idishga fluoressensiyalanuvchi suyuqlik quyilgan bo’lsa, yorug’lik nuri yaxshi ko’rinadi, chunki suyuqlik molekulalari tushayotgan yorug’likni turli tomonlarga qaytaradi.

Ma'lumotlardan nusxa ko'chirish uchun telegram botimizga o'ting!
Telegramda bizga qo'shiling!(TEST!)

yosh-fizik. uz