Ervin Shryodinger (1887-1961)

Kvant mexanika yaratuvchilaridan biri bo’lgan bu Avstriya olimi 1926 yilda o’z nomi bilan ataladigan differensial tenglama chiqardi. Shryodinger tenglamasi kvant mexanikaning butun matematik apparati suyanadigan asos bo’ldi. Olim o’z ishlarida L. De Broylning elektron korpuskulyar xossalariga ham ega, degan g’oyasiga suyandi. U elektronni yadro atrofida taqsimlangan fazoviy turg’un to’lqin tarzida qabul qildi va mashhur «psi-funksiya» (ψ funksiya)ni kiritdi: u to’lqin tebranishlari amplitudasini ifodalaydi. Tebranishlar shakli elektronning kant sonlari –bosh (n), orbital (l) va magnit (m) sonlariga bog’liq. Bu sonlar Shryodinger tenglamasining sonli yechimlari sifatida hosil bo’lgan. Lekin uning aniq yechimi faqat vodorod atomi uchungina mumkin edi (Kvant mexanika). Nyuton qonunlari Klassik mexanikada qanday ahamiyatga ega bo’lsa, Shryodinger tenglamasi atom protsesslarini bayon qilishda o’shanday asosiy ahamiyatga ega bo’ldi. Boshqacha qilib aytganda, Shryodinger klassik mexanika tasavvurlarini kvant nazariya tiliga o’tkazdi.

1933 yilda u «Atom nazariyasining yangi formalarini kashf qilganligi uchun» (bunda to’lqin mexanikasi yaratilganligi ko’zda tutilardi) Nobel mukofoti bilan taqdirlandi (ingliz fizigi P.Dirak bilan birga). E.Shryodinger to’lqin mexanikasi 1925 yilda V.Geyzenberg ishlab chiqqan matritsa kvant mexanikasiga ekvivalent ekanligini ham isbotladi. Hozirgi «kvant» va «to’lqin» atamalari sinonimlar sifatida qaraladi. Lekin Shryodingerning o’zi umrining oxirigacha shubhalar ostida yurdi: u kvant mexanikani tugallangan nazariya, deb qabul qilmadi. Olim atom protsesslarini faqat to’lqin tuqtai nazaridan (korpuskulyar nuqtai nazarini chetlab) tushuntirishga intildi.

Shryodinger faqat yoshligida va umrining oxirgi to’rt yilida Avstriyada yashadi.

Ma'lumotlardan nusxa ko'chirish uchun telegram botimizga o'ting!
Telegramda bizga qo'shiling!(TEST!)

yosh-fizik. uz