Atom yadrolarining bo’linishi-og’ir yadroning bo’laklar deyiladigan ikkita (ba’zida undan ko’p) yengil yadrolarga parchalanishi protsessidir.
Bu hodisaning qanday ro’y berishini tasavvur qilish uchun N. Bor tomonidan taklif qilingan yadroning tomchi modelidan foydalanmamiz. Yadro kuchlari qisqa masofalarda (~10-15 m) ta’sir qiladi, nuqtalar (Atom yadrosi) faqat o’z qo’shnilari bilangina o’zaro ta’sirda bo’ladi va yadro moddasi amalda siqilmaydi. Uning sirtidagi zarralar, xuddi suyuqlik sirtidagi molekulalar singari, ichkariga kirib ketishga intiladi va bu bilan sirt taranglik kuchlarini vujudga keltiradi. SHuning uchun yadro sharsimon shakl olishga intiladi va xossalari jihatidan suyuqlik tomchisini eslatadi.
Biroq oddiy tomchidan farqli ravishda yadro tomchisi zaryadlangan bo’ladi. Yadroda protonlar sonining ortishi bilan elektr itarishish kuchlari yadroning turg’unligini ta’minlab turgan yadro kuchlari bilan raqobatlashga boshlaydi. Shunday payt keladiki, katta tomchining energetik jihatdan ikkita kichik bo’laklarga bo’lingani foydali bo’lib qoladi, biroq foydali bo’lib qoldi, degan so’z, bo’linishga imkon bor, degani emas.
Bo’linish sodir bo’lishi uchun tomchi avval deformatsiyalanishi, cho’zilishi va binobarin, o’z sirtini kattalashtirishi kerak (shar berilgan hajmda eng kichik sirtga ega bo’ladi). Buning uchun dastlab energiya sarflanishi kerak.
Yadro energiyani qaerdan oladi?
Yadro energiyani biror zarrani yutishdan olishi mumkin. Bunda ajraladigan energiya tomchi-yadroni tebratirish, uning shaklini o’zgartirish, cho’zilish va nihoyat, ajratish uchun yetarli bo’lishi mumkin
Ikkinchi usul-to’siq ostidan tunnel o’tish (Tunnel effekt). Kvant mexanikaga ko’ra bunday protsess ro’y berishi mumkin. Uning ehtimolligi to’siqning kengligi va balandligiga bog’liq va u juda kichik bo’lishi mumkin. Albatta tomchi model protsessni juda taxminiy ifodalab beradi. Yanada aniqroq (va ancha murakkabroq) nazariyalar yaratilgan, bunday nazariyalarni ishlab chiqish hozir ham davom etmoqda.
Yadro bo’laklari anchagina katta (mikrodunyo masshtabida)-200 MeV ga yaqin energiyani olib ketadi. Bundan tashqari, bo’linishda va keyinchalik ular neytronlarini, gamma-kvantlarni, beta-nurlarni nurlaydi (Gamma nurlanish, Beta-yemirilish) Bo’linish o’z-o’zidan-s p o n t a n (tunnel o’tish) ro’y berishi yoki neytronlar, zaryadli zarralar, gamma-kvantlar tomonidan yuzaga kelishi mumkin.
Yadro qancha og’ir bo’lsa, uning spontan bo’linish davri shuncha kichik bo’ladi. Z>120 bo’lgan yarolar oniy ravishda bo’linishi kerak.Uranning neytronlar ta’sirida bo’linishi 1983 yilda nemis olimlari O.Gan va F. Shtrassman tomonidan kashf qilingan. Uranning spontan bo’linishini 1940 yilda sobiq sovet fiziklari G.N.Flerov va K.A. Petrjak ixtiro qildilar.Yadro bo’linishining kashf qilinishi insoniyatga yangi energiya manbani olishga imkon berdi (Yadro energetikasi).
yosh-fizik. uz