Ko’pincha, kristallarning hosil bo’lishi va o’sishi mikroskop yordamida kuzatiladi. Agar mikroskop bo’lmasa, kuchli lupadan foydalanish mumkin. Kichik yassi shisha olib, uning ustiga giposulfit (bu modda fotografiyada ishlatiladi) yoki salol kristallaridan bir chimdim soling. Shishani chiroq ustiga tutib, asta-sekin qizdiring. 50°C ga yaqin temperaturada kristallar suyuqlanadi. Suyuqlikning qaynashiga yo’l qo’ymang. Shishani chiroq ustidan olib, ustiga biroz qizdirilgan boshqa shishani yoping, lupa orqali qarab, kristallarning hosil bo’lishini va sinishini kuzating. Shishalar orasidagi tirqishga olistagina modda kristallini kiritib, uniig atrofida boshqa kristallar o’sishini kuzating.
Eritmaga tiqilgan igna ham o’shanday effektni beradi. Kristallar shishalar orasida bejirim gullarni hosil qiladi. Diaproyektordan foydalanib, shu gullarni ekranga tushirish mumkin.
Ancha kattaroq kristall o’stirish uchun ko’pincha achchiqtoshdan foydalaniladi (to’liq nomi alyumokaliyli achchiqtosh, kimyoviy formulasi - KAI(SO4)2•12H2O). Bu - turmushda keng tarqalgan mutlaqo zararsiz modda. 30°C temperaturada achchiqtoshning boy eritmasini tayyorlang. Uni filtr qog’ozidan o’tkazing va toza bankaga quying. Banka o’rtasiga ipga o’sha achchiqtoshning kattagina bo’lagini osib qo’ying Agar bankani bir necha kun ochiq qoldirsangiz, haligi achchiqtosh bo’lagi kattalashib qolganini (kristall o’sganini) ko’rasiz. Odatda, tajriba darhol chiqavermaydi, sabot ko’rsatib, yirik va bejirim kristallar o’stirishni o’rganib olish mumkin.
yosh-fizik. uz