Kuch

London Qirollik jamiyatiga taqdim qilingan «Natural falsafaning matematik asoslari» degan klassik asarida I. Nyuton jismning tezlanishini aniqlovchi muhim «qo’yilgan kuch» tushunchasini kiritdi: «Kuch faqat ta’sir vaqtida namoyon bo’ladi va ta’sir to’xtashi hamon jismda qolmaydi. Jism keyin faqat inertsiyaning o’zi tufayli yangi holatini saqlashda davom etadi. Qo’yilgan kuch turli sababdan: zarbdan, bosimdan, markazga intilma kuchdan kelib chiqishi mumkin».

I.Nyuton harakat sababi jismlarning o’zaro ta’sirida ekanini tushungan birinchi olim emas edi. Nemis astronomi I.Kepler XVII asrdayoq jismlar harakati sababi sifatida kuch tushunchasini kiritgan, ammo u kuchni xato ravishda jismning harakatsizligi bilan o’lchagan edi. G. Galiley, Keplerdan farqli ravishda, kuchni u paydo qilgan tezlanish bilan o’lchagan, lekin uni jismning og’irligi bilan tamomila bir, deb hisoblagan.

Hozirgi zamon fizikasida kuch deganda moddiy jismlar o’zaro ta’sirining o’lchovi bo’lgan fizik kattalik tushuniladi. Bu o’zaro ta’sir yo jismlarning bevosita tegishish yo’li bilan (zarb, ishqalanish) yoki o’zaro ta’sirlashuvchi jismlarning kuch maydonlari (og’irlik maydoni, elektromagnit maydon, yadro kuchlari maydoni) hosil qilishi vositasi bilan yuz berishi mumkin.

Bir jismning ikkinchi jismga ta’siri yo’nalgan xarakterga ega bo’lgani tufayli kuch ham vektor kattalik bo’ladi. yosh fizik kuch vektori yo’nalgan to’g’ri chiziq shu kuchning ta’sir chizig’i deyiladi. Moddiy nuqtaga bir necha jismlarning yosh fizik kuchlar bilan tasiri bu kuchlarning vektor yig’indisidan iborat bitta yosh fizik kuchning ta’siriga tengdir. Bunday yosh fizik kuch teng ta’sir etuvchi kuch deyiladi.

Sistema tarkibidagi jismlarning dastlabki vaziyatlari va tezliklarini bilgan holda qo’yilgan u yoki bu kuchlar ma’lum bo’lganida bu jismlarning qanday harakat qilishini Nyuton qonunlari yordami bilan oldindan aytib berish mumkin. Ammo bu qonunlar mazkur kuchlar tabiatini ochib bera olmaydi. Ularning kelib chiqishi va xossalari fizikaning boshqa bo’limlarida o’rganiladi.

Tabiatda mavjud bo’lgan kuchlarning ko’p bo’lib ko’rinishi va turli-tumanligiga qaramasdan asosiy o’zaro ta’sirning atigi to’rtta turini-gravitatsion, elektromagnit, kuchsiz va kuchli o’zaro ta’sirlarni ajratish mumkin (Tabiat kuchlarining birligi).

Ma'lumotlardan nusxa ko'chirish uchun telegram botimizga o'ting!
Telegramda bizga qo'shiling!(TEST!)

yosh-fizik. uz